Falastinliklar G‘azodan Isroilga raketa otdi

Falastinliklar G‘azodan Isroilga raketa otdi

Isroil harbiylari juma kuni kechqurun G‘azo sektoridan “Islomiy jihod” guruhi jangarilari tomonidan 80 ga yaqin raketa uchirilgani haqida xabar berdi, deb xabar bermoqda Isroil OAV.

Isroil mudofaa kuchlari ma’lumotlariga ko‘ra, 30 dan ortiq raketa Isroil hududiga yetib bormagan va uchirilganidan ko‘p o‘tmay G‘azo sektoriga qulagan. Yana 33 ta snaryad “Temir gumbaz” raketaga qarshi mudofaa tizimi yordamida urib tushirildi. Qolgan 13 ta raketa Isroil hududida portlagan, biroq qurbonlar haqida ma’lumot yo‘q.

Juma kuni Isroil armiyasi G‘azo sektoridagi falastinlik radikal guruhlarga qarshi “Tong shafaq” operasiyasini boshladi. Ushbu operasiyani bajarish uchun 25 ming nafargacha rezervchilarni safarbar qilish rejalashtirilgan.

Shuningdek, avvalroq Isroil hujumi natijasida “Islomiy jihod” yetakchilaridan biri halok bo‘lgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Mintaqaviy OAV manbalarga tayanib, o‘z navbatida, ushbu harakatlar natijasida kamida 15 kishi halok bo‘lganini ma’lum qildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!