Isroil mudofaa vaziri Israel Kas Falastin davlatining tashkil etilishiga yo‘l qo‘yilmasligini va G‘azo sektori kelajakda to‘liq qurolsizlantirilishini ma’lum qildi. Unga ko‘ra, bu Isroil xavfsizligining asosiy sharti hisoblanadi.
Kasning so‘zlariga ko‘ra:
— Falastin davlatiga yo‘l yo‘q, chunki bunday davlat Isroilga «yatiq tahdid» solishi mumkin;
— G‘azo sektorida harbiy potensial butunlay yo‘q qilinishi, hudud esa Isroil nazoratidagi xavfsizlik mexanizmlari orqali boshqarilishi kerak.
Bu bayonot xalqaro maydonda, jumladan, AQSh va Yevropa Ittifoqi diplomatlari orasida keskin muhokamaga sabab bo‘lmoqda. Ular orasida ikki davlatli yechimni yagona barqaror siyosiy yo‘l sifatida qo‘llab-quvvatlayotganlar ko‘p.
Isroil rasmiylari esa ayni paytda xavfsizlikni birinchi o‘ringa qo‘yish zarurligini ta’kidlamoqda.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Ўзбекистон миллий терма жамоаси бош мураббийи Фабио Каннаваро бугунги Ўзбекистон U-17 - Италия U-17 ўйини олдидан ўз Instagram саҳифасига пост жойлади.
Ноябр ойида Дэниэл Дрисколлга Украина президенти Владимир Зеленскийга Россия-Украина можаросини ҳал қилиш бўйича АҚШ режасини тақдим этиш топширилган эди.
Defense One нашри АҚШ миллий хавфсизлик стратегиясининг ҳали эълон қилинмаган версиясига таяниб хабар беришича, Вашингтон Австрия, Венгрия, Италия ва Польша каби давлатлар билан “фаолроқ ҳамкорлик қилиш” орқали уларни Европа Иттифоқидан ажратишга интилаётгани қайд этилган.
«Қозоғистон темир йўллари» компаниясининг маълум қилишича, заҳарланиш содир бўлган поезд хусусий ташувчига тегишли ва у суратга олиш жараёни учун киностудияга берилган.