Facebook jiddiy redizaynni e’lon qildi

Facebook jiddiy redizaynni e’lon qildi

Mark Sukerberg Facebook, Instagram, Whatsapp va kompaniyaga tegishli boshqa ijtimoiy platformalarda 2004 yildan beri eng katta o‘zgarishlarni e’lon qildi.

Algoritmning yangi versiyasida asosiy urg‘u yangiliklar lentasidan storis, guruhlar va voqealarga beriladi.

Bu o‘zgarishlar ham platformalarning dizayni, ham ma’lumot almashinuvning xavfsizligi va qulaylashuvi bilan bog‘liq.

  • Messenger mobil ilovasi orqali yuboriladigan ma’lumotlar ikki tomonda ham shifrlanadi. Ma’lumotlarni o‘rtada tutib qolish, o‘qish qiyinlashadi.
  • Messenger WhatsApp bilan integrasiyalashadi. Messenger orqali WhatsApp ga xabar yuborish, WhatsApp foydalanuvchisi ham javob qaytara olishi mumkin bo‘ladi. Yozishmalar olib borish uchun ilovani almashtirish shart bo‘lmaydi.
  • Instagram da layklarni yashirish funksiyasi ishga tushadi. Post egasi layklarni obunachilardan yashirishi mumkin. Post nechta layk olgani va unga kimlar layk bosganini faqat post egasi bilishi mumkin.
  • WhatsApp xavfsiz to‘lov tizimi Hindistonda sinovdan o‘tkazildi. 2019 yil oxiriga borib, boshqa davlatlarda ham yo‘lga qo‘yiladi. WhatsApp foydalanuvchilari ushbu xizmat orqali to‘lovlarni amalga oshirishi mumkin bo‘ladi.
  • Facebook mobil ilovasidagi ajralib turuvchi moviy rang kamayib, oq rang ko‘payadi. Ilova dizayni o‘zaradi.

O‘zgarishlar avval AQShda sinovdan o‘tadi, so‘ng boshqa davlatlarga tarqaladi. Desktop versiyasi dizayni ham kelgusi bir necha oy ichida o‘zgaradi.

  • Instagram postlari tepasida birinchi foto yoki video turmaydi.

30 aprel kuni Sukerberg Facebook da hozirga qadar hammaning hamma bilan muloqotiga asosiy urg‘u berilgani, dunyodagi barcha odamlarni bir-biri bilan bog‘lash muhim maqsad bo‘lganini, ammo kelajakda bunday yondashuv o‘zgarishini aytgan. Uning aytishicha, kelajak shaxsiy hayot daxlsizligidir (Future is private). Kelgusida barcha o‘zgarishlar kichik guruhlar, shaxsiy muloqotlarga qaratiladi. Shaxsiy hayot, qiziqishlar daxlsizligi, har bir insonning o‘z hikoyasini kim bilan va qanday shaklda bo‘lishishni o‘zi ko‘proq nazorat qila olishi, o‘zaro muloqotlarning xavfsizligi Facebook platformalaridagi o‘zgarishlarning pirovard maqsadi bo‘ladi.

Manba: minbar.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!