Evropaning eng boy odami bir kun ichida rekord darajada boyidi

Evropaning eng boy odami bir kun ichida rekord darajada boyidi

Louis Vuitton Moët Hennessy (LVMH) kompaniyalari guruhi prezidenti, Yevropaning eng boy odami Bernar Arno o‘z boyligini bir kun ichida 11,3 mlrd dollarga ko‘paytira oldi. 

Bloomberg axborot agentligining yozishicha, bunga fond bozoridagi ijobiy dinamika sabab bo‘lgan. Bozordagi vaziyat sababli bunday o‘sish tarixiy rekord hisoblansa-da, Arnoning umumiy boyligi joriy iqtisodiy inqirozgacha bo‘lgandagidan ancha kamroqni tashkil qilmoqda.

Eng boy yevropalik koronavirus epidemiyasi va neft qadrsizlanishi bilan bog‘liq vaziyat oqibatida bozorlar qulashidan eng ko‘p aziyat chekkan. 2019 yil yozida uning boyligi 100 mlrd dollardan ko‘proqqa baholangan. Biroq joriy fevralda Arno superboylar (boyligi 100 mlrd dollardan ko‘proqni tashkil qiluvchi boylar) qatoridan chiqib ketdi. 25 mart holatiga ko‘ra, uning boyligi 70 mlrd dollarga baholangan.  

Shuningdek, amerikalik sarmoyachi Uorren Baffetning kapitali fond bozoridagi o‘sish natijasida yana 6,5 mlrd dollarga, Inditex asoschisi, ispaniyalik biznesmen Amansio Orteganing boyligi esa 5,9 mlrd dollarga ko‘paygan. 

Oxirgi bir oy ichida dunyoning eng boy 20 odamining umumiy boyligi  koronavirus epidemiyasining bozorlarga ta’siri natijasida 300 mlrd dollarga kamaygandi. 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!