Evropadagi eng katta qochqinlar lagerida yong‘in chiqdi

Evropadagi eng katta qochqinlar lagerida yong‘in chiqdi

9 sentyabrga o‘tar kechasi Gresiyaning Lesbos orolida joylashgan “Moriya” qochqinlar lagerida yong‘in kelib chiqdi. U nafaqat Gresiya, balki Yevropadagi eng yirik lager hisoblanar edi. 

“Moriya” 2800 kishiga mo‘ljallangan, biroq grek hukumati ma’lumotiga ko‘ra, bu yerda 12600 kishi yashayotgan edi. Lagerda yashash sharoitining og‘irligi va xavfsizlik bilan bog‘liq vaziyat yaxshi emasligi avvallari ko‘p bora aytilgan. 

Lagerdagi yong‘in kecha kechqurun yuz bergan tartibsizliklardan so‘ng boshlangan. O‘tgan haftada qochqinlardan birida koronavirus aniqlangach, lager karantinga olingan va yopib qo‘yilgan edi, boshqa qochqinlar esa unga norozilik bildirgan. 

Xabarlarga ko‘ra, o‘t o‘chiruvchilar “Moriya” lageri butkul yonib ketganini ma’lum qilgan. Hech kim halok bo‘lmagan va yaralamanmagan, bir necha kishi tutundan yengil zaharlangan, deyilmoqda. 

Boshqa manbada esa bir kishi vafot etganini, 17 kishi kasalxonaga yotqizilganini aytmoqda.

Yong‘in hatto lager tashqarisiga ham o‘tgan va Lesbos orolida favqulodda holat joriy etilgan. Yevropa Ittifoqi mutasaddilari endi qochqinlargi qayerga joylashtirish haqida bosh qotiryapti.  

Lagerga qochqinlarning o‘zi o‘t qo‘ydimi yoki mahalliy aholimi, hozircha noma’lum.  


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!