Evropada koronavirus bilan bog‘liq vaziyat sezilarli darajada yomonlashdi

Evropada koronavirus bilan bog‘liq vaziyat sezilarli darajada yomonlashdi

Evropaning bir qator mamlakatlarida koronavirus bilan bog‘liq vaziyat sezilarli darajada yomonlashdi. Bu haqda Yevropa sog‘liqni saqlash komissari Stella Kiriakidis ma’lum qildi.

«Ayrim mamlakatlarda vaziyat mart oyida koronavirus avjiga chiqqan vaqtdagidan ham yomonroq. Bu nihoyatda tashvishlidir”, dedi u.

Evropa komissarining so‘zlariga ko‘ra, Yevropa Ittifoqi juda tez harakat qilishga tayyor bo‘lishi kerak. Kiriakidis Yevropada bahordagiga o‘xshash virus tarqalishining oldini olish uchun so‘nggi imkoniyat bo‘lishi mumkinligini ta’kidladi, shuning uchun shoshilinch ravishda epidemiologik choralar ko‘rish zarur.

Avvalroq, Kanada koronavirusning ikkinchi to‘lqini boshlanganini e’lon qilgan bo‘lsa, Avstriya 13 sentyabr kuni xuddi shunday bayonot bilan chiqqandi. 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!