Evropa Ittifoqi Turkiyaga 400 million yevrolik yordam ajratadi

Evropa Ittifoqi zilzila oqibatlarini bartaraf etish uchun Turkiyaga 400 million yevro moliyaviy yordam ajratadi.
Bu haqda Yevropa Ittifoqi kengashi ma’lum qildi.
Evropa Ittifoqi Kengashi Yevropa komissiyasining Ruminiya, Italiya va Turkiyadagi tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etish uchun 454,8 million yevro ajratish haqidagi taklifini qabul qilgani ma’lum qilindi. Yordam Yevropa Ittifoqining 2023 yilgi byudjetidan olinadi.
“2022-yilda kuchli qurg‘oqchilik yuz bergan Ruminiyaga 33,9 million yevro, 2022-yil sentyabr oyida kuchli yomg‘irlar tufayli suv toshqinlari va toshqinlarga uchragan Italiyaga 20.9 million yevro va zilzila falokatini boshidan kechirgan Turkiyaga 400 million yevro ajratiladi", deyiladi xabarda.