Evropa Ittifoqi Moldovaga makromoliyaviy yordamni ikki baravar oshirdi

Evropa Ittifoqi Moldovaga makromoliyaviy yordamni ikki baravar oshirdi

Evropa Ittifoqi Moldovaga makromoliyaviy yordam miqdorini ikki baravar oshirib, 295 million yevro ajratdi.

“Kengash Moldovaga bir yil avval kelishilgan makromoliyaviy yordam miqdorini deyarli ikki baravar oshirishga qaror qildi. 2022 yil aprel oyida Kengash Yevropa Ittifoqiga Moldovaga 150 million yevro miqdorida moliyaviy yordam ko‘rsatishga ruxsat beruvchi qonunni qabul qildi. Bugun Kengash bu miqdorni 145 million yevroga oshirdi, ya’ni Moldovaga beriladigan yordamning umumiy miqdori 295 million yevroni tashkil etadi”, — deyiladi Yevropa Ittifoqi kengashi bayonotida.

Hujjatda, shuningdek, Yevropa Ittifoqining makromoliyaviy yordami Moldovada iqtisodiyotni barqarorlashtirish va tarkibiy islohot dasturini qo‘llab-quvvatlashga qaratilganligi, XVF bilan moliyaviy kelishuv doirasida taqdim etilgan resurslarni to‘ldirishi tushuntirilgan.

Bayonotda qayd etilishicha, 220 million yevro kreditlar, 75 million yevro esa grantlar hisobidan beriladi, bu esa Moldova to‘lov balansi ehtiyojlarini qondirishga yordam beradi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!