Evropa Ittifoqi Medvedevning o‘g‘liga qarshi sanksiyalar qo‘llash niyatida

Evrokomissiya Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedevning o‘g‘li Ilya Medvedevga nisbatan shaxsiy sanksiyalar joriy qilmoqchi, deb yozadi The Guardian gazetasi.
Qayd etilishicha, unga nisbatan choralar Rossiyaga qarshi sanksiyalarning 12-paketi doirasida joriy etilishi ko‘zda tutilgan.
“Kengaytirilgan ro‘yxatga Ilya Medvedev ham kiritildi, uning ismi va tug‘ilgan sanasi sobiq prezidentning yagona o‘g‘lining ismi va tug‘ilgan sanasiga to‘g‘ri keladi”, — deyiladi xabarda.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)