EVROOSIYo IQTISODIY ITTIFOQINING TASHKILIY-HUQUQIY ASOSLARI MANFAATLARIMIZGA MOSMI?

A A A
EVROOSIYo IQTISODIY ITTIFOQINING TASHKILIY-HUQUQIY ASOSLARI MANFAATLARIMIZGA MOSMI?

Bugungi shiddatli globallushuv sharoiti jahon mamlakatlari o‘rtasida yuz berayotgan savdo-iqtisodiy munosabatlarning zamonaviy tendensiyalari – xalqaro mehnat taqsimoti va ixtisoslashuv imkoniyatlaridan samarali foydalanish masalalarini chuqur tadqiq etish lozimligini taqozo etmoqda. Bu o‘rinda milliy iqtisodiyotlar oldida jahon hamjamiyatiga samarali integrasiyalashuvni chuqurlashtirish orqali tashqi iqtisodiy siyosatni doimiy takomillashtirib borish vazifasi muhim ahamiyat kasb etadi.

Xalqaro ekspertlarning fikricha, «iqtisodiy integrasiya milliy iqtisodiyotlarning iqtisodiy o‘sishiga ta’sir ko‘rsatuvchi dinamik rivojlanuvchi jarayondir».

Shu ma’noda, bugun O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan yangi bosqichdagi islohotlar samarasi jahon iqtisodiyoti tizimiga integrasiyalashishga, ayniqsa, hududiy jihatdan yaqin mamlakatlar bilan savdo-iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirishga ham bog‘liqdir. Shu nuqtai nazardan, MDH doirasida savdo-iqtisodiy munosabatlarni iqtisodiy integrasiyaning muhim ko‘rinishi hisoblangan yagona bojxona ittifoqi doirasida rivojlantirish, uning tashkiliy va huquqiy asoslarini takomillashtirish, bugungi kunning eng dolzarb masalalaridan biri bo‘lib qolmoqda.

Ekspertlarning ta’kidlashlaricha, bu borada Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (EOII) sobiq ittifoq hududidagi omadli va istiqbolli integrasiya loyihasidir. 1995 yilda Rossiya Federasiyasi va Belorus Respublikasi o‘rtasida imzolangan «Bojxona ittifoqi to‘g‘risida»gi bitimga asoslangan va keyinchalik o‘z tarkibiga Qozog‘iston, Qirg‘iziston hamda Armanistonni birlashtirgan Yevrosiyo iqtisodiy hamjamiyati, o‘zining shakllanish tarixi va rivojlanish amaliyotiga ko‘ra, jahon hamjamiyatining diqqat markaziga tushdi.

Hozirgi kunda dunyoda 5 ta asosiy iqtisodiy blok mavjud bo‘lib, ular Evropa Ittifoqi, MERCOSUR - Janubiy Amerika davlatlarining davlatlararo iqtisodiy birlashmasi, NAFTA – Shimoliy Amerika erkin savdo zonasi, ACEAN – Janubiy-Sharqiy Osiyo davlatlari uyushmasi va Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (EOII) hisoblanadi.

Evropa Ittifoqi dunyodagi eng rivojlangan mintaqaviy integrasiya bloki hisoblanadi. Integrasiyaning barpo etilishi sohasidagi rejali va tizimli ishlar Yevropa ittifoqi doirasida iqtisodiy va siyosiy ittifoq tuzish shaklida o‘zining ijobiy natijalarini berdi. Bojxona ittifoqi va Yevropa ittifoqining hozirgi shaklda muvaffaqiyatli shakllanishi, barcha muammolarga qaramay, Yevropada integrasiya jarayonining hayotiyligini tasdiqlamoqda.

MERCOSUR – Lotin Amerikasi va Karib dengizi havzasi aholisining 55,3 foizini (300 milliondan ortiq), to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investisiyalarning 40 foizini, mintaqa mamlakatlari tashqi savdosining 33 foizini tashkil etadi. Mazkur uyushma a’zolarining umumiy yalpi ichki mahsuloti 3,3 trln.dollarni tashkil qiladi va hajmi va iqtisodiy salohiyati bo‘yicha Yevropa Ittifoqidan keyin ikkinchi, erkin savdo hududi hajmi bo‘yicha Yevropa Ittifoqi va NAFTAdan keyin uchinchi o‘rinni egallaydi.

ACEAN uyushmasi Janubiy-Sharqiy Osiyodagi 10 ta davlatni birlashtirgan. (Indoneziya, Malayziya, Singapur, Tailand, Filippin, Bruney, Vyetnam, Laos, Myanma va Kambodja). Hozirgi kunda ACEANga a’zo davlatlarning aholisi qariyb 500 million kishiga yetgan, umumiy yalpi ichki mahsuloti esa 737 mlrd.dollarini tashkil etmoqda.

Umuman, dunyo davlatlarining iqtisodiy integrasiyaga moslashuvi qanday omillarga asoslanmoqda, ularning birlashuviga qanday sabablar ta’sir ko‘rsatmoqda? Eng asosiy sabab bu birinchidan, iqtisodiy hayotning globallashuvi, ikkinchidan esa halqaro mehnat taqsimotining chuqurlashuvidir. Shuningdek, dunyo miqyosidagi ilmiy va texnologik inqiloblar va milliy iqtisodiyotlarning ochiqligini oshirishga ehtiyoj ham mamlakatlarning o‘zaro integrasiyalashuviga sabab bo‘lmoqda.

Shu jihatdan qaraganda, bugun turli bahs-munozaralarga turtki bo‘layotgan masala – O‘zbekistonning Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (EOII)ga a’zo bo‘lishi yuzasidan fikr-mulohazalarimizni bildirishni joiz, deb bildik.

Eng avvalo, YEOII doirasidagi tashkiliy-huquqiy munosabatlarni tartibga soluvchi organlar va ularning faoliyati, hamkorligining huquqiy asoslari, o‘zaro kelishuv va bitimlarni chuqur tahlil qilish maqsadga muvofiqdir.

Ta’kidlash lozim, YEOIIning a’zo davlatlari (Rossiya, Belorus, Qozog‘iston, Armaniston va Qirg‘iziston) o‘rtasida tovarlar va xizmatlar harakati, migrantlar harakatlanishi va kapital harakatining erkinligi ta’minlangan bo‘lib, yagona bojxona tizimiga ega bo‘lgan umumiy iqtisodiy hudud shakllantirilgan.

Evroosiyo iqtisodiy ittifoqining oliy organi a’zo davlatlar rahbarlari tarkibidan tashkil topgan Oliy Yevroosiyo Iqtisodiy Kengashi (OYEIK) hisoblanadi. Kengash ittifoq faoliyatining asosiy masalalarini ko‘rib chiqadi, integrasiyani rivojlantirish strategiyasi, yo‘nalishlari va istiqbollarini belgilaydi.

EOII Shartnomasi, YEOII doirasidagi xalqaro kelishuvlar va Oliy Kengash qarorlarining bajarilishi va monitoringi, a’zo davlatlar hukumat rahbarlaridan iborat Hukumatlararo Kengash tomonidan ta’minlanadi.

EOII Sudi – doimiy faoliyat yurituvchi sud organi hisoblanib, uning shtab-kvartirasi Minsk shahrida joylashgan. U a’zo davlatlar tomonidan YEOII Shartnomasi tartib-qoidalaridan teng ravishda foydalanilishini ta’minlaydi va nizolarni hal qiladi.

Evroosiyo Iqtisodiy Komissiyasi (EIK) – doimiy faoliyat yurituvchi milliy boshqaruv va tartibga soluvchi organ bo‘lib, uningi tarkibi a’zo davlatlar hukumat rahbarlarining o‘rinbosarlari va har bir davlatdan uch kishidan iborat bo‘lgan hay’atdan iborat. Komissiya qarorlari barcha davlatlarga ijro uchun majburiydir.

Evroosiyo Iqtisodiy Komissiyasi iqtisodiy ittifoqning 170 tadan iborat funksiyalarini bajaradi:

Jumladan, bojxona-tarif va notarif tartibga solish; bojxona ma’murchiligini tartibga solish; sanitariya, veterinariya va fitosanitariya chora-tadbirlarini tartibga solish; uchinchi mamlakatlarga nisbatan savdo rejimlarini o‘rnatishni tartibga solish; makroiqtisodiy va raqobat siyosatini belgilash; sanoat va qishloq xo‘jaligiga subsidiyalar, tabiiy monopoliyalar, davlat xaridlari, transport va tashishga oid chora – tadbirlarni tartibga solish va boshqalar.

Shu o‘rinda, ayrim faktlarni ham keltirib o‘tish o‘rinli. Ya’ni, YEOIIni tashkil etuvchi beshta a’zo davlatlar hudud, aholi soni va iqtisodiyot hajmi jihatidan bir-biridan keskin farq qiladi. Ittifoqning eng katta mamlakati Rossiya, eng kichigi Armanistondan 574 marta kattaroqdir va shunga o‘xshash, Rossiyaning yalpi ichki mahsuloti (YAIM) Armanistondan 170 baravar katta. Umuman, Rossiyaning YAIMi qolgan to‘rt a’zoning umumiy YAIMidan taxminan 6 baravar katta. To‘rt a’zo davlat – Armaniston, Belarus, Qozog‘iston va Qirg‘izistonning umumiy aholisi qariyb 42 million, Rossiya aholisi esa 147 millionga yaqin.

Shu jihatdan qaraganda, umumiy YAIMning 87 foizi, umumiy aholining 80 foizi Rossiya Federasiyasi hissasiga to‘g‘ri kelishi hamda YEOIIga a’zo davlatlarning iqtisodiy jihatdan baravar emasligi Rossiyaning dominantlik pozisiyasini namoyon etadi.

Shu bilan birga, Yevrosiyo Iqtisodiy Komissiyasining prinsiplariga ko‘ra, mazkur Komissiya qarorlarni teng vakillik va konsensus prinsipi asosida qabul qilishi - har bir davlatga uning iqtisodiy kuchi va aholisi soni katta-kichikligiga nisbatan emas, balki teng a’zo sifatida qaralishi ko‘rsatib o‘tilgan.

Shuningdek, ayrim ekspertlar tomonidan YEOII tuzilmasiga iqtisodiy blok sifatida emas, balki ko‘proq siyosiy blok sifatida qaraladi. O‘z navbatida, Yevroosiyo Iqtisodiy Komissiyasi vakolatlari doirasida siyosiy masalalar ushbu Komissiya vakolatiga kirmasligi ham belgilab qo‘yilgan.

Hozirgi vaqtda YEOII tomonidan xorijiy sheriklar bilan hamkorlik aloqalari Jahon Savdo Tashkiloti (JST) normalari va tamoyillariga muvofiq tarzda o‘rnatilgan.

Kuzatuvchilik maqomi. 2017 yil aprel oyida Moldova Respublikasi bilan hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolandi, YEOII mamlakatlari prezidentlari Moldovaning Ittifoqda kuzatuvchi mamlakat maqomini olish to‘g‘risidagi murojaatini qabul qildilar. 2018 yil may oyida Moldovaga YEOIIda kuzatuvchi davlat maqomi berildi.

Erkin savdo zonasi kelishuvlari. 2017-2018 yillarda YEOII uchinchi davlatlar bilan xalqaro iqtisodiy aloqalarni sezilarli darajada kengaytirishga muvaffaq bo‘ldi. Bugungi kunga qadar Vyetnam (2016 yil oktyabr) va Singapur (2018 yil noyabr) bilan erkin savdo zonasi to‘g‘risidagi, Xitoy bilan iqtisodiy hamkorlik (2017) to‘g‘risidagi bitimlar imzolangan, Eron bilan esa mazkur maqsadda vaqtinchalik bitim (2018 yil) imzolangan.

Shuningdek, yana qator davlatlar bilan erkin savdo zonasi kelishuvini amalga oshirish bo‘yicha muzokaralar olib borilmoqda. Jumladan:

Hindiston. 2015–2016 yillarda Hindiston Respublikasi bilan YEOII erkin savdo zonasi to‘g‘risida Bitim tuzishning maqsadga muvofiqligini o‘rganish bo‘yicha qo‘shma tadqiqot guruhi o‘tkazildi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, erkin savdo rejimiga o‘tish YEOIIning Hindiston bilan o‘zaro importining ham va eksportining ham 18 foiz o‘sishi prognoz qilindi. 2017 yil iyun oyida YEOII bilan erkin savdo zonasini tashkil etish bo‘yicha muzokaralarni boshlash to‘g‘risida bayonot imzolandi.

Misr. 2016 yilda OYEIKning yig‘ilishida Misr Arab Respublikasi bilan erkin savdo bitimi tuzish bo‘yicha muzokaralarni boshlash to‘g‘risida qaror qabul qilindi. 2017 yil dekabr oyida ushbu masalada Misr tomoni vakillari bilan texnik maslahatlashuvlar o‘tkazildi.

Mo‘g‘uliston. 2015 yil iyun oyida YEOII va Mo‘g‘uliston o‘rtasidagi keng qamrovli hamkorlikni rivojlantirishga ko‘maklashish, o‘zaro savdoni rivojlantirish yo‘lidagi to‘siqlarni bartaraf etish choralarini ko‘rish maqsadida OYEIK va Mo‘g‘uliston hukumati o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum imzolandi.

Tailand. 2016 yil 1 aprelida Rossiya va Tailand o‘rtasida erkin savdo zonasini yaratish bo‘yicha muzokaralar boshlandi.

Shuningdek, Vengriya, Isroil, Kambodja, Laos, Pokiston, Peru, Koreya Respublikasi, Suriya, Tunis, Chili, Yaponiya va Indoneziya kabi 50 ga yaqin davlatlar ushbu ittifoq bilan erkin savdo zonasini yaratish yuzasidan qiziqish bildirgan. Jumladan,

Isroil. Erkin savdo bitimini tuzish bo‘yicha ishlarni faollashtirish maqsadida 2018 yil 23-24 aprel kunlari tomonlar muzokaralarning birinchi bosqichini o‘tkazdilar. Uning doirasida bitim tuzish bo‘yicha muzokaralar olib borish yuzasidan hujjat imzolandi. Hujjat o‘zaro hamkorlik yo‘nalishlarini belgilab, kelgusida ishlash va muzokaralar formatiga oid qator muhim kelishuvlarni o‘z ichiga oldi.

Koreya Respublikasi. 2015 yil oktyabr oyida Komissiya va Koreya Respublikasi Davlat xaridlari xizmati o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolandi. Hujjatda davlat xaridlarini tartibga solish, xususan, elektron xaridlar tizimini takomillashtirish sohasida tajriba almashish ko‘zda tutildi. Bundan tashqari, 2015 yil 30 noyabr kuni YEIK va Koreya Respublikasi Sanoat, savdo va energetika vazirligi o‘rtasida savdo-sotiq sohasidagi hamkorlikning keng ko‘lamli masalalari bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum imzolandi.

Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik. YEOII xalqaro tashkilotlar va institutlar bilan faol hamkorlik olib bormoqda. Jumladan, Jahon savdo tashkiloti (JST), Shanxay hamkorlik tashkiloti (SHHT), Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti (OYECD), Jahon bojxona tashkiloti (WCO), Xalqaro migrasiya tashkiloti (MOM) va boshqalar bilan o‘zaro aloqalar yo‘lga qo‘yilgan. Shuningdek, mazkur ittifoqqa a’zo davlatlarning asosiy qismi Jahon savdo tashkiloti (JST)ga ham a’zo hisoblanadi.

EOII va MDH davlatlari hamkorligi. EOII va MDH davlatlari o‘rtasidagi hamkorlik 2013 yildan buyon tizimli ravishda rivojlanib bormoqda. YEIK tashabbusi ko‘ra, MDHning Ijroiya qo‘mitasi bilan o‘zaro anglashuv memorandumi va o‘zaro hamkorlik to‘g‘risida memorandumlar imzolangan.

So‘nggi yillarda YEIK va MDH Ijroiya qo‘mitasi turli sohalarda, ayniqsa, mehnat migrasiyasi masalalarini muvofiqlashtirish sohasida faol hamkorlik qilmoqda. 2018 yil noyabr oyida YEIK va MDH Ijroiya qo‘mitasi hamkorlikni chuqurlashtirish to‘g‘risida memorandum imzoladi.

Hozirgi kunda YEOII bilan MDHga a’zo boshqa davlatlar o‘rtasida savdo-iqtisodiy aloqalar 2011 yilda tashkil etilgan MDH Erkin savdo zonasi doirasidagi o‘zaro imtiyozlar tizimi orqali amalga oshirilmoqda.

MDHning YEOIIga a’zo bo‘lmagan davlatlar bilan o‘zaro hamkorlik qilish YEOIIning xalqaro faoliyatidagi ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.

Shu o‘rinda, Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi doirasida hal etilishi zarur bo‘lgan ustuvor vazifalar haqida to‘xtaladigan bo‘lsak, birinchi navbatda davlatlararo ustuvor ahamiyat kasb etuvchi tashqi savdo va bojxona siyosatiga jiddiy e’tibor qaratish lozim, deb hisoblaymiz. Chunki puxta o‘ylangan tashqi savdo va bojxona siyosatining amalga oshirilishi nafaqat Yevroosiyo iqtisodiy hamjamiyati doirasidagi integrasiyaning yangi bosqichga ko‘tarilishiga, balki a’zo davlatlarning xalqaro savdo jarayonlarida faol ishtirok etishida ham muhim omil bo‘ladi. Bu yo‘nalishda quyidagilarni alohida ta’kidlash o‘rinli:

• davlatlararo to‘laqonli erkin savdo rejimini joriy etish;

• yagona bojxona tariflari va tartibga solishning yagona notarif usullarini joriy etish;

• tovar va xizmatlar savdosining umumiy qonun-qoidalarini joriy etish va ularning ishtirokchi davlatlar ichki bozorlarida qat’iy amal qilishini ta’minlash;

• ishtirokchi davlatlar tomonidan Jahon Savdo Tashkiloti (JST) va boshqa xalqaro iqtisodiy tashkilotlar bilan o‘zaro munosabatlarni o‘rnatishda yagona kelishilgan yondashuvlarni ishlab chiqish;

• YEOII tashqi chegaralarida iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlash.

Shuningdek, tashkiliy-huquqiy yo‘nalishni takomillashtirish uchun quyidagilarni inobatga olish zarur:

EOIIga a’zo davlatlarning milliy qonunchiliklarini o‘zaro muvofiqlashtirish;

EOII doirasida umumiy huquqiy makonni yaratish maqsadida ishtirokchi davlatlar huquqiy tizimlarining o‘zaro ta’sirchanligini so‘zsiz ta’minlash.

Yuqorida qayd etilgan chora-tadbirlarning barchasini YEOIIga a’zo davlatlarning o‘zaro teng manfaatlari nuqtai nazaridan kelib chiqqan holda amalga oshirish, bunda ishtirokchi tomonlarning yagona “konsensus”larga erishishi orqaligina amalga oshirish mumkin. Zero, xalqaro iqtisodiy munosabatlar tizimida integrasiya jarayonlarining makro darajasi – iqtisodiy siyosatni davlatlararo muvofiqlashtirish orqali hududiy miqyosda sifat jihatdan yangi iqtisodiy muhitni yaratish demakdir.

Mutaxassislarning e’tirof etishlaricha, makro darajada ana shunday integrasiya guruhlarini shakllantirish, pirovard natijada milliy xo‘jaliklar ko‘lamida barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlash, yuzaga kelgan ijtimoiy nomutanosibliklarni bartaraf etish imkonini beradi.

Xulosa o‘rnida aytish mumkinki, hozirgi zamonaviy sharoitda xalqaro mehnat taqsimoti asosida davlatlar o‘rtasida barqaror iqtisodiy aloqalarning rivojlanishi global xarakter kasb etmoqda. O‘zbekistonning mazkur integrasion uyushmaga a’zo bo‘lishi respublikada rivojlanayotgan ilmiy va texnologik inqiloblar, xalqaro savdo, kapitalning ko‘chib yurishi, zamonaviy transport, aloqa va axborot tizimlari iqtisodiy hayotning xalqarolashuvi jarayonining global shakllangan darajaga o‘tishiga yordam berishi mumkin.

Shuningdek, O‘zbekiston va boshqa a’zo davlatlar o‘rtasidagi o‘zaro integrallashuv ishlab chiqarish hajmining o‘sishiga, yangi texnologiyalarning keng va jadal tarqalishiga, infratuzilmalarning rivojlanishiga, xalqaro iqtisodiy tashkilotlar, fondlar rolining yanada oshishiga, savdo va bozorlarning erkinlashuviga va boshqa yutuqlarga erishilishiga olib kelishi mumkin.

Shuhrat DEHQONOV,

“Taraqqiyot strategiyasi” markazi muassisligidagi “O‘zbekiston strategiyasi” jurnali bosh muharriri, jurnalist, siyosatshunos-yurist.

 

 

 

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Eronda 19 yoshli sportchi dorga osib qatl etildi

19 ёшли Солиҳ Муҳаммадий — Эрон ёшлар терма жамоаси аъзоси ва 2024 йил халқаро мусобақалар совриндори — яна икки йигит билан бирга дорга осиб қатл этилди.

Eron musulmon davlatlariga chaqiriq bilan chiqdi

Эрон Олий Миллий Хавфсизлик Кенгаши котиби Али Ларижоний АҚШ ва Исроил ҳужуми бошланганидан бери ҳеч бир мусулмон давлати Эронга ёрдам бермаганини айтди.

Gruziyada motam kuni e’lon qilindi

Бу ҳақда Грузия ҳукумати маъмурияти эълон қилди.

Erondagi vaziyatdan Markaziy Osiyoda eng ko‘p Tojikiston qiynalishi mumkin

Имкониятлари чекланган республика учун бу озиқ-овқат хавфсизлиги нуқтаи назаридан жиддий ҳажм ҳисобланади.

Tramp dunyo davlatlaridan yordam so‘radi

Қўшма Штатлар президенти Хитой, Франция, Япония ва бошқа давлатларни ҳудудда хавфсиз қатновни таъминлаш учун у ерга ҳарбий кемалар юборишга чақирди.

Eronning o‘rniga Jahon chempionatiga borishi mumkin bo‘lgan terma jamoalar nomi ma’lum bo‘ldi

Бу ҳақда ESPN нашри хабар бермоқда.

Eron AQShning F-35ga qanday raketa bilan zarba berganini ko‘rsatdi

Ушбу зенит ракетаси 25 км масофага уча олади ва икки усул билан бошқарилади: радар ва иссиқлик изловчи электро-оптик.

Erling Xoland o‘ziga yangi jamoa tanladi

Бу ҳақда Football365 портали журналистлари хабар бермоқда.

Eron Isroilning yuqori lavozimli amaldorini o‘ldirdi

Бу ҳақда Fars ахборот агентлиги хабар бермоқда.

Eron AQSh dengiz floti uchun benuqson "qirg‘in zonasi" yaratib kutmoqda

Бунинг аниқ сабаби бор – бу Эроннинг ассиметрик уруш орқали АҚШни мағлуб этиш бўйича узоқ йиллик стратегиясидир.

YPX inspektorini urib ketgan 10-sinf o‘quvchisi “Shuhrat” medali sohibining erkatoy nabirasi ekani ma’lum bo‘ldi

25 февраль куни соат 21:46 да 10-синф мактаб ўқувчиси BMW М4 русумли автомашинани ҳайдовчилик гувоҳномасисиз бошқариб, ҳаракатланиб келаётган вақтида ЙПХ инспекторини уриб юборган.

Uyiga faqat tunda kelishni odat qilgan qarzdorga MIB "syurpriz" qildi

Қарздор транспорт воситасини фақат тунда уйига олиб келиниб, кундузи бошқа жойда сақланаётгани аниқланган.

Mashhur model Husanovga uchrashuv taklif qildi

Ўзбекистон миллий терма жамоаси ва “Манчестер Сити” ҳимоячиси Абдуқодир Ҳусанов туғилган куни муносабати билан табрикларни олишни давом этмоқда.

Qadr kechasi qaysi kunga to‘g‘ri keladi?

Рамазон ойининг охирги 10 кунлиги бошланди.

Buxoroda 21 yoshli yigit Telegramda onlayn fohishaxona tashkil qildi

У аёллар расмларини каналга жойлаб, уларни пул эвазига мижозларга таклиф қилган

Eron 4 ming kilometr uzoqlikdagi Britaniya-Amerika harbiy bazasiga hujum qildi

Бу ҳақда Mehr агентлиги хабар берди.

Arag‘chi: "Starmer britaniyaliklarning hayotini xavf ostiga qo‘ydi"

Эрон ташқи ишлар вазири Аббос Арағчи бу ҳақда ўзининг ижтимоий тармоқ саҳифасида ёзган.

Qoil! Marokash yetakchisi Afrika Millatlar Kubogi sovrinini qabul qilmasligini ma’lum qildi

Марокаш терма жамоаси етакчиси Ашраф Хакими 2025 йилги Африка Миллатлар Кубоги якунлари бўйича топширилган совриндан воз кечди.

Eron "Haqiqiy va’da 4" operasiyasining 69-to‘lqinini boshladi

Бу ҳақда Ислом инқилоби қўриқчилари корпуси баёнот берди.

O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi yana yurtimizga qaytmoqda

Трансфер ҳуқуқлари Эроннинг "Истиқлол" клубига тегишли бўлган Рустам Ашурматов мамлакатдаги сиёсий таранглик сабаб фаолиятини яна юртимизда давом эттириши мумкин.

Tramp: “Eron hatto raqobat ham tug‘dirmayapti”

АҚШ президенти Дональд Трамп Эрон ҳақида навбатдаги кескин баёнот билан чиқди.

Kallas: “Urush sevgi sarguzashtiga o‘xshaydi — kirish oson, chiqish qiyin”

Европа Иттифоқи дипломатияси раҳбари Кая Каллас Эрон атрофидаги вазият юзасидан эҳтиёткорликка чақирди.

Isroil Eronning “Basij” kuchlari razvedka bo‘linmasi boshlig‘i yo‘q qilinganini e’lon qildi

Исроил армияси матбуот хизматининг хабар беришича, Теҳронга зарбалар чоғида “Басиж”нинг разведка бўлими бошлиғи Исмоил Аҳмадий йўқ қилинган.

Fransiyada ISHIDning yazidiylarga qarshi genosidi bo‘yicha ilk hukm chiqarildi

Франция суди жиҳодчи Сабри Эссидни Ироқдаги язидийларга қарши ИШИД томонидан амалга оширилган геноцидда иштирок этгани учун умрбод қамоқ жазосига ҳукм қилди.

Ijtimoiy tarmoqlar yoshlar farovonligiga salbiy ta’sir qilmoqda

2026 йилги World Happiness Report 2026да таъкидланишича, ижтимоий тармоқлар ёшлар фаровонлигига жиддий салбий таъсир кўрсатмоқда.

Eron uzoq davom etadigan urushga tayyorgarlik ko‘rmoqda — Financial Times

Financial Timesнинг хабар беришича, Эрон санкциялар енгиллаштирилмас экан, ҳарбий ҳаракатларни тўхтатишга рози эмас ва узоқ давом этадиган урушга тайёргарлик кўрмоқда.

Eron hujumlari natijasida Qatarning suyultirilgan gaz ishlab chiqarish quvvatining 17 foizini 3–5 yilga ishdan chiqdi — Reuters

Бу йилига 20 млрд долларгача йўқотишларга олиб келади", дея хабар бермоқда агентлик.

AQSh ittifoqchilari Eronga qarshi xavfsizlik choralariga tayyor

Бу ҳақда АҚШ томонидан эълон қилинган қўшма баёнотда таъкидланган.

Evropa Ittifoqining ikki davlati Ukrainaga kredit berishni to‘xtatib qo‘ydi

Венгрия ва Словакия Европа Иттифоқининг Украинага 90 миллиард евро ажратиш тўғрисидаги қарорига тўсқинлик қилишди.

Turkiyada yana bir o‘zbekistonlik ayol jinsiy zo‘ravonlikka uchradi

Бу ҳақда бугун, 19 март куни “Sözcü” хабар берди.

Qirg‘izistonda sobiq DXX rahbarining qarindoshi qo‘lga olindi

Орунбековнинг таъкидлашича, Камчибек Ташиев лавозимни тарк этганидан сўнг бундай амалиётлар тўхтаган ва корхона омборларида катта ҳажмда бензин тўпланиб қолган.

Turkiy madaniyat va meros jamg‘armasi hamda AlmaU hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi

2026 йил 16 март куни Туркий маданият ва мерос жамғармаси президенти, профессор Актоти Раимқулова Олмаота Менежмент Университети (AlmaU) делегациясини қабул қилди.

Tailanddagi YTHda O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi

Шунингдек, автоҳалокатда жароҳат олган яна уч нафар ҳамюртимизга тезкор тиббий ёрдам кўрсатилган ва уларга шифохонадан жавоб берилган.

Namangan, Qashqadaryo va Samarqand viloyatlarida sifati kafolatlanmagan dori vositalari aniqlandi

Қарши туманида истиқомат қилувчи, 1965 й.т. шахс ўзининг яшаш хонадонида тегишли лицензиясиз дорихона ташкил қилиб, 82 турдаги жами 1520 дона меъёрий ҳужжати бўлмаган дори воситаларини сотиб келаётганлиги аниқланди.

Prezident farmoni bilan 392 nafar shaxs afv etildi

Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Наврўз умумхалқ байрами ва муборак Рамазон ҳайитини нишонлаш арафасида халқимизга хос эзгулик, меҳр-оқибат, бағрикенглик, кечиримли бўлиш каби олижаноб фазилатларни намоён этган ҳолда ҳамда давлатимиз томонидан олиб борилаётган инсонпарварлик сиёсатининг амалий тасдиғи сифатида “Жазо муддатини ўтаётган, қилмишига чин кўнгилдан пушаймон бўлган ва тузалиш йўлига қатъий ўтган бир гуруҳ шахсларни афв этиш тўғрисида”ги Фармонни имзолади.

Trampning kuyovi Jared Kushner Yaqin Sharqdagi urushdan milliardlar topmoqchi

New York Times маълумотига кўра, у Affinity Partners компанияси учун тахминан 5 миллиард доллар топишни режалаштиряпти.

Afg‘oniston Pokistonga qarshi amallarni vaqtincha to‘xtatdi

Маълум қилинишича, бу қарор Қатар, Саудия Арабистони ва Туркиянинг илтимосига биноан қабул қилинган.

Eron dushman energetikasini “yo‘q qilish” bilan tahdid qildi

IRIB маълумотига кўра, Эрон Қуролли Кучлари вакили Хотам ал-Анбия нефть иншоотларига қилинган ҳужумларга жавоб сифатида душманнинг барча энергетика инфратузилмаси йўқ қилинишини билдирди.

Isroil Eron razvedka vaziri Ismoil Xatibning o‘ldirilganini ma’lum qildi

Эрон президенти Масъуд Пезешкиён ушбу хабарни тасдиқлади.

Samarqandda xorijdan olib kelingan 38 kg narkotik moddalar musodara qilindi

Натижада, ундаги махсус тайёрланган хуфия жойда бўлган мармар тошлар орасига 9 кг 40 гр опий экстракцияси яширилганлиги аниқланди