Etti yildan beri urush girdobida qolgan Suriyada saylov o‘tkazildi

Etti yildan beri urush girdobida qolgan Suriyada saylov o‘tkazildi

Suriya Arab Respublikasida mojarolar boshlangan 2011 yildan beri ilk bor mahalliy hokimiyat organlariga saylov o‘tkazildi. Siyosiy tadbir kecha, 16 sentyabr kuni 6,5 ming uchastkada bo‘lib o‘tdi. Bu haqda SANA axborot agentligi xabar berdi.
 
Suriyaning Mahalliy o‘z-o‘zini boshqarish ishlari bo‘yicha vazirligida ma’lum qilinishicha, hukumat mazkur siyosiy jarayonni talafotsiz o‘tkazib olish uchun zarur choralarni ko‘rgan. Xavfsizlik choralari kuchaytirilgan.
 
Vazirlik rahbari Husayn Maxlyufning so‘zlariga ko‘ra, mazkur saylovlar Suriyani barqarorlashtirish va tiklash ishlarini jadallatishda muhim ahamiyatga ega.
 
Agentlik bergan ma’lumotga ko‘ra, mahalliy hokimiyat organlariga 88 ta saylov okrugidan 40 mingdan ortiq odam o‘z nomzodini qo‘ygan.
 
Ma’lumot uchun, o‘tkazilgan saylov mahalliy hokimiyat organlariga oid. Harbiy to‘qnashuvlar davom etayotgan bir vaqtda mamlakat prezidentligi uchun ham saylov o‘tkazilgan. Ushbu siyosiy jarayon 2014 yil bo‘lib o‘tgan.

Manba: qalampir.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!