Estoniya bosh vaziri Kallas ittifoqchilarning Ukrainadagi mojarodan charchaganidan xavotirda

Estoniya bosh vaziri Kallas ittifoqchilarning Ukrainadagi mojarodan charchaganidan xavotirda

Estoniya bosh vaziri Kaja Kallas “G‘arb koalisiyasi” Ukrainadagi mojarodan charchaganidan xavotirda. Uning so‘zlariga ko‘ra, xuddi shunday holatni turli mamlakatlar ommaviy axborot vositalarida ham kuzatish mumkin.

“Men bundan xavotirdaman... Ittifoqchi bo‘lgan turli davlatlarning OAVlarini ham o‘qiyman, ularning kayfiyatini ko‘raman. Charchoq bor va buni tushunish mumkin ”, dedi Kallas CNNtelekanaliga bergan intervyusida.

The Washington Times sharhlovchisi Maykl Makkena avvalroq Ukraina qurolli kuchlarining jang maydonidagi muvaffaqiyatsizliklari G‘arbni Kiyev rejimiga harbiy yordam berishdan bosh tortishga majbur qiladi, degan fikrni bildirgan edi.

Shuningdek, NATO Bosh kotibi alyans Kiyevga yetkazib berish uchun snaryadlar zaxirasini tugatganini aytdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!