Ertaga, 6 iyun kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

Ertaga, 6 iyun kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 6 iyun kuni Toshkentda havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 20-22 daraja iliq, kunduzi 36-38 daraja issiq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, ayrim joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 20-25 daraja iliq, kunduzi 36-41 daraja issiq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ayrim joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 20-25 daraja, cho‘l hududlarida 28 darajagacha iliq, kunduzi 37-42 daraja issiq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ayrim joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 20-25 daraja iliq, kunduzi 35-40 daraja issiq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ayrim joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 20-25 daraja iliq, kunduzi 37-42 daraja issiq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ayrim joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 15-20 daraja iliq, kunduzi 34-39 daraja issiq bo‘ladi.

Respublikamizning tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ayrim joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 11-16, kunduzi 23-28 daraja iliq bo‘ladi.

Muhim hodisalar

Joriy yilning 5-8 iyun kunlari O‘zbekiston hududiga Eron hududlaridan issiq havo oqimi kirib keladi. Shu sababli havo harorati ko‘tariladi, jumladan:

5-6 iyun kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida 40-41 darajagacha;

6-8 iyun kunlari Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida 40-42 darajagacha;

5-8 iyun kunlari Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida 38-40 darajagacha;

7-8 iyun kunlari Farg‘ona vodiysi viloyatlarida 36-39 darajagacha ko‘tariladi.

7-8 iyun kunlari shimolda, janubda va cho‘l hududlarida shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi kutilmoqda, ayrim joylarda chang to‘zonlar kuzatiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!