Eronda “Sepah” zobitlariga hujum uyushtirildi, qurbonlar va jarohatlanganlar bor

Eronda “Sepah” zobitlariga hujum uyushtirildi, qurbonlar va jarohatlanganlar bor

Eronning Fors viloyati Nurobod shahridagi “Basij” bo‘linmasi (Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi tarkibiga kiradi) zobitlariga qurolli hujum uyushtirilgani oqibatida 1 kishi halok bo‘ldi, 3 kishi yaralandi.

Bu haqda Fors viloyati rahbarining siyosiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Ismoil Kazal Sofli ma’lum qildi.

“Ikki noma’lum shaxs “Basij” kuchlar yo‘nalishi bo‘yicha tartibsiz o‘q uzgan. Natijada bir ofiser halok bo‘ldi, uch kishi jarohat oldi”, — dedi rasmiy.

Uning so‘zlariga ko‘ra, noma’lum shaxslar motosiklda bo‘lgan. Gumonlanuvchilar voqea joyidan qochib ketishgan.

Ularni qidirish ishlari boshlandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!