Erkak do‘stining 6 yoshli qizini zo‘rlab, kanalga cho‘ktirib yubordi

Erkak do‘stining 6 yoshli qizini zo‘rlab, kanalga cho‘ktirib yubordi

Qrimda olti yoshli bolani o‘ldirishda gumon qilingan shaxs ushlandi.

U marhuma qizning otasining do‘sti. Qo‘lga olingan shaxs, shuningdek, pedofiliyada ham gumon qilinmoqda.

Tafsilotlarga ko‘ra, 31 may kuni tushdan keyin qizning otasi do‘stlari va qizlari bilan baliq oviga boradi, u yerda spirtli ichimlik ichishadi. Dastlab ota qizini qarovsiz qoldirgani, natijada u g‘oyib bo‘lgani aytilgandi.

Keyinchalik ma’lum bo‘lishicha, otasi qizini uyiga olib borib qo‘ymoqchi bo‘lgan do‘stiga rozilik bergan. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, otaning "do‘sti" avval qizni zo‘rlagan, keyin uni suvga itarib yuborgan. Jasad Shimoliy Qrim kanalidan topilgan.

Ota voyaga yetmagan farzandini xavf ostiga qo‘yganlikda ayblanmoqda, gumondorga esa qotillik va jinsiy zo‘ravonlik bo‘yicha jinoiy ishlar ochilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!