Erdo‘g‘on: Samolyotlar yo‘q, pul ham qaytarilmagan

Erdo‘g‘on: Samolyotlar yo‘q, pul ham qaytarilmagan

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Anqara AQShdan na qiruvchi samolyotlarni, na ular uchun to‘langan pulni olmaganini aytdi.

Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.

Erdo‘g‘onning so‘zlariga ko‘ra, Turkiya hozirda F-16 samolyotlarini yetkazib berish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda, biroq AQSh sotishdan bosh tortmoqda.

“Bizga F-35 samolyotlari va’da qilingan, biroq ular o‘z va’dalarida turishmadi. Garchi biz taxminan 1 milliard 400 million dollar to‘lagan bo‘lsak-da. Samolyotlar yo‘q, pul ham qaytarilmagan”, — dedi Turkiya rahbari.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!