Erdo‘g‘on lira kursining tushib ketishiga «xudo biz bilan» deya munosabat bildirdi

Erdo‘g‘on lira kursining tushib ketishiga «xudo biz bilan» deya munosabat bildirdi

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on mamlakat aholisini lira kursi dollarga nisbatan rekord darajada pasayib ketishi yuzasidan xavotirlanmaslikka chaqirdi, deb yozadi «RBK».

«Unutmang, ularning dollari bor, ammo biz bilan xalqimiz, Xudomiz birga. Biz ko‘p ishlayapmiz. 16 yil avval qanaqa edig-u, hozir qayerdamiz — o‘zingiz qarab ko‘ring», — dedi Erdo‘g‘on.

Turk lirasi Turkiya—Amerika aloqalari yomonlashuvi fonida, 10 avgust kuni 14 foizga — bir dollar uchun 6,47 liragacha tushib ketdi. Aprel oyida pasayishgacha dollar narxi 4 lira edi. Yil boshidan buyon turk lirasi 29 foizga tushib ketgan.

Eslatib o‘tamiz, 1 avgust kuni AQSh Moliya vazirligi ikki turk vaziri — IIV rahbari Suleyman So‘ylu va Adliya vazirligi rahbari Abdulhamit Gyulga qarshi sanksiyalar joriy etdi. Bunga ularning amerikalik pastor Endryu Bransonni ta’qib etishdagi roli sabab bo‘ldi.

Manba: daryo.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!