Erdo‘g‘an: “Turkiya inson qadr-qimmatini saqlab qolmoqda”

Erdo‘g‘an: “Turkiya inson qadr-qimmatini saqlab qolmoqda”

“Turkiya va suriyalik qochqinlarni qabul qiladigan boshqa mamlakatlar insoniyat qadr-qimmatini saqlab qolmoqda”, dedi Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an.

Bu haqda “Anadolu”  agentligi xabar bermoqda.

Ushbu bayonotni Turkiya rahbari BMT Bosh assambleyasining 75-yubiley sessiyasining ochilishi paytida aytdi.

Xalqaro hamjamiyatni terrorizmga qarshi kurashda prinsipial va yagona yondashuvni shakllantirishga chaqirgan Erdo‘g‘an bunday birdamliksiz Suriya inqiroziga yechim topilmasligini ta’kidladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!