Erdo‘g‘an: qochqinlarning Suriyaga qaytishi uchun sharoitlar yaratilmoqda

A A A
Erdo‘g‘an: qochqinlarning Suriyaga qaytishi uchun sharoitlar yaratilmoqda

Turkiya suriyalik qochqinlarning vatanlariga ixtiyoriy qaytishi uchun infratuzilmani shakllantirmoqda. Bu haqda prezident Rajab Toyyib Erdo‘g‘on payshanba kuni Istanbulda mamlakat kichik va o‘rta biznes vakillariga murojaat qilib, ma’lum qildi.

Davlat rahbari Turkiya hukumati nohukumat tashkilotlar ko‘magida avvalroq Suriya hududida yuz minglab suriyaliklarning ehtiyojlari uchun uylar qurganini eslatdi.

Ayni paytda Suriya shimolida Qatar ko‘magida million qochqinni joylashtirish uchun uylar qurilishi davom etmoqda.

“Bir kun avval Turkiya IIV rahbari uylarni qo‘yish marosimida ishtirok etdi”, — dedi Turkiya rahbari.

Siyosatchining ta’kidlashicha, Turkiya hukumati qochqinlarni yo‘ldan ozdirmoqchi emas, balki muhojirlarning o‘z vatanlariga ixtiyoriy qaytishi uchun shart-sharoit yaratgan Germaniya, Fransiya va AQSh tajribasidan foydalanmoqda.

Ayni paytda Turkiya matbuoti Suriya hududidagi uylar Qatar taraqqiyot jamg‘armasi ko‘magida uch yil ichida qurilishi haqida xabar tarqatdi. Gap 240 ming turar-joy binolari haqida bormoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!