Erdo‘g‘an birinchi Ramazon iftorini zilzila hududida o‘tkazmoqchi

Erdo‘g‘an birinchi Ramazon iftorini zilzila hududida o‘tkazmoqchi

Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an falokat zonasi aholisi bilan musulmonlar uchun muqaddas Ramazon oyining birinchi iftorlik ziyofatini o‘tkazadi. Bu haqda «Anadolu» xabar berdi.

Qayd etilishicha, Turkiya rahbari 23 mart kuni joriy yilning fevral oyida sodir bo‘lgan ikki dahshatli zilzila epimarkazi joylashgan janubi-sharqiy Qahramonmarash viloyatiga boradi.

Davlat rahbari tashrif doirasida viloyat ma’muriy markazidagi restavrasiya ishlari bilan ham tanishadi.

Manbaga ko‘ra, Erdo‘g‘an Ramazon oyida tabiiy ofat zonasi aholisi bilan uchrashishni rejalashtirgan.

Eslatib o‘tamiz, 6 fevral kuni Turkiya va Suriya chegarasidagi hududlarda 7,8 magnidudali zilzila sodir bo‘ldi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!