Eng qimmat shokoladlar 10 taligi

Eng qimmat shokoladlar 10 taligi

10-O‘RIN - CHOCOLATE TRUFFLE BOX CAKEAND $ 180
Oq va sutli shokoladdan tayyorlangan ajoyib to‘plam. Qutisini ham yesa bo‘ladi.

9-O‘RIN - AFICIONADO $ 275
Bu konfetlar to‘plami taniqli sigaralar ko‘rinishini aniq takrorlaydi, umumiy narxi 275 dollar atrofida.

8-O‘RIN - SWAROVSKI $ 294

Mazkur konfetlar qutisi svarovski toshlari bilan bezatilgan bo‘lib, ko‘p emas, kam emas $ 294 dollar turadi.

7-O‘RIN - DELAFÉE $ 508

Ma’lumotlarga qaraganda bu konfetlarning yuzasiga 24 karatli oltin sepilgan. Konfetlar qor parchasi shaklida joylangan. Konfetlar ustidagi tilla tomchilar yesa bo‘ladigan.

6-O‘RIN - MICHEL CLUIZEL $ 895
Michel Cluizel konfetlar to‘plami qutisida turli ta’mga ega 400 dona konfetlar bo‘ladi.

5-O‘RIN - ROYAL COLLECTION GOURMET $ 1,250
Royal Collection tarkibiga tilla, olmos va shokoladli konfetlar kiradi. Barcha metall va toshlar yesa bo‘ladigan. Bularning barchasi qimmat yog‘ochdan yasalgan qutiga joylangan.

4-O‘RIN - WISPA GOLD CHOCOLATE $ 1,628
Tilla o‘ramga ega Wispa batonchasi dunyodagi eng qimmat batoncha hisoblanadi. Uning narxi 1,5 ming $ dan ortiq.

3-O‘RIN - NOKA VINTAGES 1 FUNTI $ 854
Noka konfetlari 75% toza shokoladdan tarkib topgan va boshqa hech qanday qo‘shimchalar qo‘shilmagan, shuning uchun ham judda qimmat turadi.

2-O‘RIN - FRITZ KNIPSCHILDT’S CHOCOPOLAGIE $ 2,600

To‘q rangli tryufel 70% to‘q shokolad bilan aralashtirilgan, va shokoladli tryufel shakliga keltirilgan. Bu lazzatning 450 grammi uchun 2,600 dollar to‘lab qo‘yishingizga to‘g‘ri keladi.

1-O‘RIN - LE CHOCOLATE BOX $ 1,5 MLN

Le Chocolate Box aslida shokolad va olmos, yoqut, zumrat kabi qimmatbaho toshlar uyg‘unligidir. Bu eng qimmat shokolad konfetlari bo‘lib ularning narxi 1,5 million dollardan ortiq.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!