Eng ko‘p sotilayotgan ayfon qaysi biri? Tim Kuk aniqlik kiritdi

Eng ko‘p sotilayotgan ayfon qaysi biri? Tim Kuk aniqlik kiritdi

Keyingi bir necha oy mobaynida Apple korporasiyasining aksiyalari narxi pasayib borayotgani haqidagi xabarlarga ko‘p duch kelmoqdamiz. Bunga uning 2018 yilgi smartfonlari savdosi ko‘ngildagidek ketmayotganligi ham qisman sababchi.

Ammo ayrim manbalar ayfonlarning savdosi pastligini juda oshirib ko‘rsatishmoqda, deydi Apple rahbari. Bu haqdagi fikrini Tim Kuk kuni kecha CNBC telekanaliga bergan intervyusida bildirgan. Xususan, iPhone XR yaxshi sotilmayotgani haqidagi gap-so‘zlar umuman asossiz, deydi u.

Tim Kukning aytishicha, savdosi boshlanganidan buyon iPhone XR eng xaridorgir ayfon bo‘lib kelayotir. Butun dunyoda uning sotilish ko‘rsatkichlari iPhone XS va iPhone XS Max ko‘rsatkichlaridan anchagina yuqori. Ammo korporasiya rahbari bu borada aniq raqamlarni keltirmagan.

Tahlilchilarning pessimistik prognozlariga ishonmaslik kerak, deydi Tim Kuk. Ular bir necha yillardan buyon Apple inqirozini asossiz tarzda bashorat qilib kelishadi .

Shu bilan birga, Apple rahbari dunyo iqtisodiyotidagi umumiy sustlashuv hamda Xitoy bilan ketayotgan savdo urushi muayyan xavotirga sabab bo‘lishini aytgan.

iPhone larning narxi qimmatligi borasidagi savolga javoban u, Apple arzon mahsulot tayyorlamasligi ni ta’kidlagan.

Manba: terabayt.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!