Eng ko‘p qaysi yo‘nalishdagi kollejlarga hujjat topshirilgani ma’lum bo‘ldi

Eng ko‘p qaysi yo‘nalishdagi kollejlarga hujjat topshirilgani ma’lum bo‘ldi

Bu haqda kecha AOKA press-xolida tashkil etilgan matbuot anjumanidak Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi boshqarma boshlig‘i Aziz Meliboyev ma’lum qildi:

— 26 ta vazirlik va idora tizimida 201 ta kollej mavjud. Belgilangan kvotaga ko‘ra, 81 325 nafar abituriyent kollejlarga qabul qilinishi kerak. Shundan 12 762 nafari davlat granti asosida, qolgan qismi to‘lov-kontrakt asosida qabul qilinadi.

Joriy yilning shu davriga qadar 106 981 nafar abituriyentdan hujjat kelib tushdi. Eng ko‘p qiziqish bildirilgan sohalarni tahlil qilsak, bular — tibbiyot, pedagogika, yo‘l-transport, xizmat ko‘rsatish sohalari.

62 ta oliy ta’lim muassasasi huzurida 185 ta texnikum faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.

Yuridik va turizm sohasidagi texnikumlarga saralash test sinovlari to‘liq yakuniga yetdi. Qolgan qismi bo‘yicha joriy yilda umumiy 73 mingdan ortiq abituriyentni texnikumga qamrab olish rejalashtirilgan. Bugungi kunga qadar 153 mingdan ortiq hujjat kelib tushdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!