Eng boy afrikaliklar bir yilda qanchaga qashshoqlashdi?

Eng boy afrikaliklar bir yilda qanchaga qashshoqlashdi?

Afrikadagi eng badavlat kishilarning umumiy boyligi 2022 yil oxirida 81,5 milliard dollarni tashkil etdi va 3,1 milliard dollarga kamaydi, deya xabar beradi Forbes. Reytingda jami 19 kishi joy olgan, bu qit’aning 54 davlatidan faqat yettitasini ifodalaydi.

Qit’adagi eng yirik sement ishlab chiqaruvchi Dangote Cement kompaniyasining egasi, 13,5 milliard dollar boyligi bilan Aliko Dangote ketma-ket o‘n ikkinchi marta Afrikaning eng boy odamiga aylandi. U bir yilda 400 million dollar yo‘qotdi.

Ro‘yxatda ikkinchi o‘rinda Cartier, Montblanc va Chloe kabi brendlarga egalik qiluvchi Shveysariyaning Compagnie Financiere Richemont kompaniyasi raisi, Janubiy Afrika fuqarosi Iogan Rupert joylashgan. Uning boyligi 10,7 milliard dollarga baholangan. DeBeers merosxo‘ri Nikki Oppenxaymer 8,4 milliard dollar bilan uchinchi o‘rinni egalladi.

To‘rtinchi o‘rinni 7,6 milliard dollar boyligi bilan nigeriyalik milliarder va xayriyachi Abdul Samad Rabiu egalladi. Beshinchi o‘rinda esa misrlik tadbirkor Nassef Saviris joy oldi. U sport kiyimlari va jihozlari ishlab chiqaruvchi Adidas'ning olti foizga yaqiniga, shuningdek u NBA va NHL klublariga egalik qiluvchi Nyu-Yorkdagi Madison Square Garden Sports kompaniyasining besh foiziga egalik qiladi. Savirisning boyligi 7,3 milliard dollarga baholangan.

Dekabr oyida Forbes ma’lumotlariga ko‘ra, 2022 yilda butun dunyo bo‘ylab milliarderlar qariyb ikki trillion dollar (taxminan 1,9 trillion dollar) yo‘qotishgan. Eng og‘ir zarba 300 texnologiya biznesmenlari bo‘lib, ular birgalikda 1 trillion dollar yo‘qotishdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!