Endilikda yangi tadbirkorlar o‘qitilganidan keyin ularga imtiyozli kreditlar beriladi

Endilikda yangi tadbirkorlar o‘qitilganidan keyin ularga imtiyozli kreditlar beriladi

Bugungi kunda davlat tomonidan tadbirkorlar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash mexanizmi faqatgina imtiyozli kredit berish bilan bog‘liq bo‘lib qolgandek go‘yo. Shu munosabat bilan ekspertlar tadbirkorlar faoliyatini qo‘llab-quvvatlashda kompleks yondashish taklifini ilgari surib bunda tadbirkorlarga nafaqat moliyaviy yordam berish balkim ularni moliyaviy va biznes savodxonligini oshirish tizimini yaratish zarurati hususida fikr va mulohazalar olib bormoqda.
Shularni inobatga olgan holda joriy yilning 14 sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kichik biznesni rivojlantirishni moliyaviy va institusional qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Qaror bilan quyidagilarni nazarda tutuvchi Kichik biznesni uzluksiz qo‘llab-quvvatlash kompleks dasturi (keyingi o‘rinlarda Dastur) ishga tushirildi.
Hususan, Mazkur Dastur bo‘yicha tadbirkorlarni moliyaviy va tadbirkorlik savodxonligini oshirish va ularda biznes ko‘nikmalarni shakllantirish maqsadida respublika bo‘yicha
Bunda, markazlarda dastur ishtirokchilarining biznes ko‘nikmalari mustaxkamlanadi, markaz bilan hamkorlikda o‘z biznes loyihasini ishlab chiqadi va ekspert guruh oldida himoya qiladi. Natijada, qo‘liga sertifikat olib, moliyaviy insturumentlardan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Markazlarda xorijiy malakali ekspertlar jalb etiladi, maqsadli o‘quv dasturlarini ilg‘or xalqaro tajriba asosida ishlab chiqiladi, shuningdek, o‘quv jarayonlariga nufuzli mahalliy tadbirkorlar jalb etiladi.
Ma’lumot uchun. Bugungi kunda 1 yildan ortiq faoliyat yuritayotgan 263 ming nafar yakka tadbirkor, dehqon xo‘jaliklari va hunarmandlar, 651 ming nafar o‘zini o‘zi band qilganlar va 4,3 mingta ta’lim tashkilotlari mavjud.
b) 3 va undan ortiq kishini doimiy ish bilan ta’minlab kelayotgan kichik tadbirkorlar;
Moliyaviy qo‘llab-quvvatlash choralaridan ko‘zlangan asosiy maqsad – tadbirkorlik faoliyatini yanada rivojlantirishdir.
– tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amaldagi imtiyoz va preferensiyalar, mavjud boshqa yengilliklar va imkoniyatlar hususida maslahatlar beriladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!