«Endi uyma-uy yurib kuldiramiz»

A A A
«Endi uyma-uy yurib kuldiramiz»

«Odamlar, ehtiyot bo‘linglar, men sizlarni sevar edim...»

Har kuni ertalab har kimning qiladigan odatiy yumushlari bor. Badantarbiya, hovlida ishlash, mol-holga qarash, musiqa tinglash, nonushta tayyorlash, farzandlarni bog‘cha, maktabga kuzatish, ishga ketishga alohida tayyorgarlik...  Bizning har tongda qiladigan ish-ravishimiz shu va shu kabi tadoriklar.

Ba’zilar har kunni kundalik matbuot nashrlarini kuzatish bilan boshlaydi. Shu orqali boshlanayotgan kunning eng muhim va dolzarb voqea-hodisalaridan boxabar bo‘ladi. Eng asosiysi, yangiliklar va o‘sha voqealar chambaragida o‘zining o‘rni, ishtiroki va mustaqil pozisiyasini belgilab oladi. Kun davomida shunga uyg‘un holda faoliyat yuritadi. Har bir kuni shu zaylda kechadigan odam uchun matbuot ijtimoiy hayoti va umrining eng asosiy tayanch nuqtalaridan biri.

Dunyoda bir necha million adadda chop etiladigan gazetalar bor. Tabiiyki, ularning o‘quvchilari mazkur adaddan kamida uch-to‘rt barobar ko‘p. Bunday nashrlarning insoniyatga yetkazadigan o‘ta muhim va ahamiyatli ma’lumotlari borligi uchun ham ular bir necha o‘n yillar davomida muntazam ravishda qo‘lma-qo‘l bo‘lib o‘qilyapti.

Odamlarning matbuotga munosabati qay darajada bo‘lsa, matbuotning kishilar hayotiga ta’siri ham shunchalik bo‘lishi haqidagi fikrda jon bor. Matbuotdan xalq nimanidir kutsa, talab qilsa, matbuot ham ana o‘sha mezon asosida ishlay boshlaydi. Lekin ayrim bir holatlar borki, ular bugungi matbuotning zalvoru saviyasini o‘ziga moslashtirib oladi.            

Gazetaga kim mushtoq?

Gazetani juda intiq kutadiganlar bor. Ular hatto tahririyat bilan doimiy bog‘lanib, gazetaning shu soni soat nechada bosmaxonaga berilishi-yu, bosish uchun qancha muddat ketishigacha qiziqishadi. Gazetani qo‘lga olishni intiqib kutishadi. To‘g‘ri, ular gazetaning har bir sonini shunday qarshi oladi, deyolmaymiz. Sababi, ko‘pchilikka ma’lum. Ular faqat o‘zlarining maqolasi chop etilayotgan sonni shunday kutishadi. Boshqalari qiziqarli emas. Bundaylar uchun gazetaga maqola berish nufuz, obro‘, majburiyat tusini olib ulgurdi. Shuning uchun ham «shu oyda falon mavzuda maqola chiqarishim kerak», yoki «biror maqolaga familiyamni qo‘yib yuboringlar», kabi «iltimos»lar matbuotning kundalik hayotiga aylanayozdi. Aslida har bir soha faoliyatidagi ijtimoiy ahamiyatga ega eng muhim jihatlarni keng targ‘ib-tashviq qilish, ommaga yetkazish kabi e’tiborli va sharafli vazifa negadir biqiq va tor shaxsiy g‘arazlar panasida qolib ketayotganday.

Achinarlisi, bugun bunday savdo har bir nashrning boshida bor. Ayrim mualliflar matbuot orqali aytadigan biron e’tiborli gapi yo‘qligini bilishsa-da, boyagi g‘arazlar uchun matbuot maydonidan bir enli joy so‘rab, tahririyatma-tahririyat chopishdan tolmaydi. Ular orasida o‘zini salkam daho hisoblaydiganlari bor.

Yaqinda tahririyatimizga xuddi shunday qo‘lyozmalardan bir dastasi keldi. Sabr-bardosh bilan o‘qib chiqdik. Pichoqqa ilinadigan hech narsa topolmagach,  o‘qishga ketgan vaqtimizga achindik, xolos. Ulardan birida o‘qituvchilarga laqablar qo‘yish, ularni mazah qilib ustidan kulish, sha’niga nomunosib gaplar aytish va shuni matbuot orqali keng yoyish ko‘zlangan. Butun jamiyatimizda ustoz-murabbiylarimizning qadri va qaddini ko‘tarish uchun salmoqli harakatlar qilinayotgan bir paytda asossiz gaplar bilan ularni yomonotliq qilish joizmikan?..

Muallifning esa, da’vosi juda katta. Shu paytgacha biron tahririyatdan maqolasi qaytmagan emish, chunki yomon yozish qo‘lidan kelmas emish. Yana muallifning «agar shu maqolani chop qilmasangiz, unday qilaman, bunday qilaman...» degan qat’iy buyruq-ko‘rsatmasi, do‘q-po‘pisasi ham bor.

Bugun matbuotimizda bunday holatlar ko‘p kuzatilayotir. Ayrim tahririyatlar bunday mualliflarga «dushman ko‘rinib» ularning fig‘onini falakka chiqarsa, ba’zilari sal murosa qilib, «noyob» mualliflarning ham ra’yini yerda qoldirmaslikka harakat qilishyapti. Xalqqa yetkazilishi zarur bo‘lgan, odamlarga haqiqiy xushxabar yo ogohlik bo‘ladigan materiallardan ko‘ra, hisobot yo nom chiqarish uchun berilayotgan narsalar ko‘payayotgani matbuotimizning saviyasi va darajasiga ta’sir o‘tkazmay qolmaydi. Ijodkorlar ichida ana shunday «daho»larning ko‘payishi esa, «Kichkina tabib» filmida tilga olinganidek, «kunimiz kinnachilarga qolayotganidan» dalolat.

O‘qib berish xizmati

Yaqinda bir voqea bo‘ldi. Olis hududlardan biriga borib, bir tashkilotning faoliyatini tahliliy o‘rgandik. Jamoatchilik uchun muhim jihatlarini bir maqolada jamlab, gazetada e’lon qildik. Bu haqdagi xabarni o‘sha tashkilotga yetkazdik. Ular odatdagidek «gazetani qayerdan olsak bo‘ladi?» degan savolni berishdi. Gazeta tarqatish va sotish bilan shug‘ullanadigan maxsus tizimlar borligini tushuntirguncha ancha ovora bo‘lishga to‘g‘ri keldi. Ularning javobi yanayam qiziqroq bo‘ldi: «eshitmagan ekanmiz». Shunday bo‘lgach, gazeta tarqatish bilan shug‘ullanadigan tashkilotni topib, undan kerakli nashrni sotib olishning uddasidan chiqolmasligi aniq edi. Shundan so‘ng gazetani tahririyatdan pochta orqali ularga jo‘natishga to‘g‘ri keldi. Bilasiz, bunday hollarda ba’zan eshovidan tushovi qimmatga tushadi. Qolaversa, yetib borishi uchun ham bir necha kun vaqt kerak. Nihoyat, jo‘natmamiz manzilga eson-omon yetib boribdi. Keyin yana qo‘ng‘iroq qilishdi. Minnatdorlik bildirish uchunmikan, deb o‘ylagandik, adashibmiz. «Bu gazetada biz haqimizdagi maqola chiqmabdi-ku?..»

Mohir so‘z ustasi Hojiboy Tojiboyev insonlarning munosabati haqida gapira turib, «endi uyma-uy yurib kuldiramiz, shekilli...» degan edi. Shunga o‘xshab, biz ham o‘quvchining qo‘liga gazeta olib borib berganimiz yetmaganiday,  endi har bir uyga borib, o‘qib ham berishimiz kerakka o‘xshaydi. «Hurmatli janob, mana bu yerda yozilgan ism-familiya sizga tegishli, agar pasportingizni ochib, solishtirib ko‘rsangiz, gazetadagi ism-sharif sizniki ekaniga amin bo‘lasiz», deganday...

Matbuotga e’tiborimiz shunaqa bo‘lgandan keyin yana nimani kutish mumkin? Bugun gazetalar haqiqatni yozmaydi, deya iddao qilish qanchalik o‘rinli?            

Eshak va  samolyot poygasi

Bosma nashrlar haqida gap ketsa, yozda yoqqan qorni ko‘rganday ajablanib qaraydiganlar bor. «Dunyoning bir burchagidan ikkinchisiga har daqiqada minglab axborot yashin tezligida yetkazilayotgan bir paytda bosma nashrga kun qolibdimi», deb fikr yuritadi ular. Gazeta ular uchun Daqqiyunusdan qolgan antiqa narsa. Kompyuter, internet, mobil telefon kabi vositalar gazetaga hojat qoldirayotgani yo‘q, deb hisoblashadi. Shu o‘rinda teskari bir qarashga duch kelamiz: Yaponiyaning «Tonggi quyosh» gazetasi shu bugun ham sakkiz million adadda har kuni nashr etilib turibdi. Nima, ularda bizdagiday kompyuter, internet, mobil telefon yo‘qligi uchun shundaymikan?.. Tabiiyki, unday emas. Ularda biznikidan farqli ravishda bosma nashrlarni tezkor va innovasion tarzda tarqatish, o‘quvchiga qulay tarzda yetkazib berish ishlari namunali darajada yo‘lga qo‘yilgan. Uyqudan uyg‘onishi bilan eshigiga o‘rnatilgan maxsus qutichadan kundalik nashrlarni olib, bemalol tanishib chiqish imkoni bor. Biz esa, samolyotlar poygasida eshak bilan qatnashmoqchi bo‘lgan kishidek, ibtidoiy usulda gazeta-jurnal tarqatish bilan bandmiz. Haftada bir marta chiqadigan gazetaning o‘quvchiga yetib borishiga ham yana sal kam bir hafta vaqt ketsa, bunaqa «tezkorlik» o‘quvchini qoniqtirmasligi tabiiy. 

Bugun ko‘p joylarda guldor qog‘ozlarga o‘ralgan saqich, shirinlik, rangli suv sotadigan avtomat-kiosklar ishlab turibdi. Odamlar bunday antiqa «sotuvchisiz do‘kon»dan qiziqishga bo‘lsa-da, narsa xarid qiladigan bo‘lishdi. Yangilik baribir yangilik-da, insonning qiziqishini yanayam orttiradi. Bunday qiziqishimiz boisi bo‘lgan ushbu tizim faqat moddiyatimiz uchungina emas, aqliy-ma’naviy ehtiyojlarimiz uchun ham xizmat qilsa, nur ustiga nur bo‘lmasmidi?.. Ichiga gazeta-jurnallar taxlangan ana shunday info-kiosklar aholiga qulay bo‘lgan, odamlar gavjum joylarga o‘rnatib qo‘yilsa, xalq uchun saqichu shirinlikdan ko‘ra foydaliroq emasmi? Odamlar ko‘zi bilan ko‘rgan narsaga (hatto u unchalik zarur bo‘lmasa ham) xaridor bo‘lishadi. Matbuot esa bizning kundalik zaruratimizga aylanishi kerak.

Jurnalistning a’moli

«Odamlar, ehtiyot bo‘linglar, men sizlarni sevar edim...»

Bu gapni umrini xalqqa axborot yetkazishga sarflagan, quvonch va qayg‘usini insoniyat baxtu tashvishida ko‘ra bilgan va atigi qirq yil umr ko‘rgan bo‘lsa-da, salmoqli ijod qila olgan jurnalist aytgan. Shu birgina jumla ommaviy axborot vositalariga oid faoliyatning tub negizini yaqqol ko‘rsatib beradi, deyish mumkin. Insondagi yuzlab ehtiyoj-manfaatlardan qat’i nazar insoniyatga bo‘lgan hurmat-ehtirom va e’tibor hayotda hamisha ustivor bo‘la olsagina ommaviy axborot vositalari o‘z vazifasini yanada haqqoniy bajara oladi.       

 

Sohibnazar TURDIALIYEV,

"Oila davrasida"


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Abduqodir Husanov uchun katta mablag‘ sarflashga tayyor grand jamoa paydo bo‘ldi

«Манчестер Сити» ҳимоячиси Абдуқодир Ҳусанов клуб рўйхатини ўзгартириши мумкин.

Himolayda 2021 yilda yo‘qolgan rossiyalik talaba yildan keyin Nepaldagi baland tog‘li buddaviy monastirda topildi

Алина тоғ касаллиги сабаб ҳушидан кетган ҳолда монахлар томонидан топилган ва даволанган. Шу вақт ичида у тибет тиббиёти, медитация ва доривор ўсимликларни ўрганишга киришган.

APL uchun dahshatli tush: «Manchester Siti» chempion bo‘lsa-da, kubok «Arsenal»ga topshirilishi mumkin

Англия Премьер-лигасида чемпионлик пойгаси кутилмаган ва «ноқулай» вазиятга яқинлашмоқда.

Gvardiola himoyachisining o‘yinidan hayratda: «U dunyoning eng yaxshilaridan biriga aylanmoqda»

«Манчестер Сити» бош мураббийи Хосеп Гвардиола жамоа ярим ҳимоячиси Матеус Нунеснинг янги позициядаги ҳаракатларига юқори баҳо берди.

Zelenskiy Putinning G‘alaba bayrami munosabati bilan sulh e’lon qilish g‘oyasiga munosabat bildirdi

Украина лрезиденти Зеленский Владимир Путиннинг Ғалаба байрами муносабати билан сулҳ эълон қилиш ғоясига муносабат билдирди.

Mbappe jarohatini davolash o‘rniga aktrisa bilan hordiq chiqarmoqda. Klub fanatlari jiddiy norozilik bildirmoqda

«Реал Мадрид» мухлислари ҳужумчи Килиан Мбаппени мавсумнинг ҳал қилувчи палласида Италияда севгилиси билан ҳордиқ чиқараётгани учун кескин танқид қилишди.

Abduqodir Husanov "Olimpiya shaharchasi"dagi infratuzilma bilan tanishdi

Спорт вазирлиги, Миллий Олимпия ва Паралимпия қўмиталари раҳбарияти футбол бўйича Ўзбекистон миллий терма жамоаси ва Англиянинг “Манчестер Сити” клуби ўйинчиси Абдуқодир Ҳусанов ҳамда отаси билан учрашиб, унинг яқин даврдаги режалари хусусида суҳбатлашди.

Xitoy aholisi Fransiya darajasida qisqarishi mumkin: Iqtisodiyot xavf ostida

Хитойдаги депопуляция (аҳоли сонининг камайиши) кўлами 60 миллион кишига етиши мумкин.

Mojtaba Xomanaiy Putinga maktub yo‘llagani ma’lum bo‘ldi

РФ раҳбари бу ҳақда Эрон ташқи ишлар вазири Аббос Арагчи билан учрашувда маълум қилди.

«Urushmoqchimisan?» Zelenskiyning Belarusga yo‘llagan tahdidi G‘arbni hayratda qoldirdi

X ижтимоий тармоғи фойдаланувчилари Владимир Зеленскийнинг чегаранинг Беларусь томонидаги гўёки «ғалати фаоллик» учун Минскка жавоб қайтариш билан таҳдид қилган баёнотини фаол муҳокама қилмоқдалар.

Abduqodir Husanov ota-onasiga 330 ming dollarlik villa sovg‘a qildi

Бу ҳақда компания асосчиси Марат Хайруллаевич ўзининг шахсий Instagram саҳифасида очиқлади.

Uganda prezidentining o‘g‘li Turkiyadan 1 mlrd dollar va eng go‘zal qizni talab qilmoqda

Уганда президентини ўғли, армия қўмондони Муҳузи Кайнеругаба Туркияга нисбатан баҳсли баёнот билан чиқди.

Javohir Sindarov va ijtimoiy tarmoqlarni portlatgan surat

Бу лавҳа ҳар икки давлат фойдаланувчилари ўртасида қизғин муҳокамаларга сабаб бўлди.

Tehronda Oliy rahbar vafoti munosabati bilan katta motam marosimi bo‘lib o‘tmoqda

Мотам санаси Эрон ва АҚШ ўртасида икки ҳафталик сулҳ бошланиши билан бир вақтга тўғри келди.

Millioner! Husanov “Siti”da jami qancha maosh oladi?

Франциянинг L’Équipe спорт нашри Англия Премьер-лигасидаги энг юқори маош олувчи 5 нафар футболчидан иборат рейтингни эълон қилди.

Serxio Aguero: «Abduqodir Husanov shu darajani 3-4 yil saqlab qolsa, dunyoning eng yaxshi himoyachilaridan biriga aylanishi mumkin»

"Манчестер Сити" афсонаси ҳисобланган Серхио Агуэро «шаҳарликлар» ёш юлдузлари — Нико O’Райли ва Абдуқодир Ҳусановнинг ўйинларига юқори баҳо берди.

AQShda Yulduz Usmonovaga qarshi kampaniya boshlandimi?

АҚШ Давлат котиби Марко Рубиога Усмонованинг барча АҚШ визаларини бекор қилишни сўраб хат юборилди.

Trampning qarori NATOni hayratda qoldirdi

АҚШ президенти Дональд Трамп Америка қўшинларининг бир қисмини Германиядан олиб чиқиб кетиш борасида НАТО расмийларини олдиндан огоҳлантирмаган, деб хабар бермоқда «Euronews».

O‘zbekistonliklar may oyida 14 kun dam oladi

Меҳнат кодексининг 208-моддасига асосан дам олиш куни ишланмайдиган байрам кунига тўғри келган тақдирда, дам олиш куни байрамдан кейинги иш кунига кўчирилади.

Ser Aleks Fergyuson kasalxonaga olib ketildi

Собиқ мураббий айни дамда бўлиб ўтаётган “Манчестер Юнайтед” ва “Ливерпуль” ўйини олдидан ўзини ёмон ҳис қилган.

AQShda United Airlines samolyoti qo‘nish vaqtida yuk mashinasiga urilib ketdi

FAA ва NTSB маълумотларига кўра, Boeing 767-400 самолёти Венециядан 200 дан ортиқ йўловчи билан парвоз қилган.

Qoraqalpog‘istonda kadastr bo‘limi rahbari pora bilan ushlandi

Ҳозирда кадастр раҳбарига нисбатан жиноят иши қўзғатилиб, тергов ҳаракатлари олиб борилмоқда.

Beshariqda 90 dan ortiq xonadonni suv bosdi

Бартараф этиш ишларига барча зарур куч ва воситалар жалб қилинган. Вазият тўлиқ назоратга олинган.

Navoiyda oltin va ma’danli toshlarni noqonuniy qazib olganlar ushlandi

Шу каби, фуқаро С.Х. ҳам “Зарафшон” МФЙ ҳудудидаги хонадонида қум ва тошдан олтин ажратиб олиш билан шуғулланиб келганлиги аниқланди

Avstriyada bolalar ozuqasiga kalamush zahrini qo‘shib qo‘ygan shaxs qo‘lga olindi

Тергов ҳаракатлари 38 кун давом этди ва унда Австрия, Чехия ҳамда Словакия ҳуқуқ-тартибот идоралари иштирок этди.

Toshkent metrosida yo‘lovchi poyezd yo‘liga tushib ketdi

Маълум қилинишича, ҳолат 2 май куни соат 21:35 атрофида “Ғафур Ғулом” бекатида содир бўлган.

Niderlandiyaning ikki malikasiga suiqasd uyushtirildi

Маликалардан бири Амалия ўтган йилларда ҳам таҳдидлар олган эди.

Livanda qurbonlar soni 2,6 mingdan oshdi — Sog‘liqni saqlash vazirligi

Ливан Соғлиқни сақлаш вазирлиги маълум қилишича, март ойи бошидан бери Исроил ҳужумлари оқибатида 2 659 нафар тинч аҳоли ҳалок бўлган.

Toshkentda profilaktika inspektori 10 ming dollar olgan vaqtida ushlandi

Терговга қадар текширув давомида аниқланишича, жорий йилнинг февраль ойида ички ишлар органлари томонидан МЧЖ билан боғлиқ фирибгарлик ҳолати бўйича жиноят иши қўзғатишни рад этиш тўғрисида қарор қабул қилинган

Boysunda kuchli sel kelishi natijasida yana neft aralash suyuqlik oqmoqda

Айни дамда ҳолат Сурхондарё вилояти Экология бош бошқармаси Экополиция ходимларидан иборат ишчи гуруҳ томонидан ва бошқа тегишли ташкилотлар билан бирга воқеа жойига чиққан ҳолда ўрганилмоқда.

Texasdagi aviahalokat oqibatida besh kishi qurbon bo‘ldi

​Cessna 421C русумли самолёт Остиндан тахминан 40 мил узоқликда жойлашган Уимберли шаҳрида, пайшанба куни соат 23:25 атрофида қулаган.

Malida zaif alyans: jihodchilar va separatistlar hamkorligi kuchaymoqda, ammo birlik barqaror emas

Мали ҳозирги йилларда энг жиддий хавфсизлик инқирозларидан бирини бошдан кечирмоқда.

Tramp Italiya va Ispaniyadan AQSh qo‘shinlarini olib chiqish bilan tahdid qildi

Дональд Трамп Италия ва Испаниядан норози эканини билдириб, ушбу давлатлардаги АҚШ ҳарбий контингентини олиб чиқиш масаласини кўриб чиқиш билан таҳдид қилди.

Dahshat: Sirdaryoda ikkinchi xotin bo‘lgan ayol erining qonuniy xotini va uning qizini pichoqlab o‘ldirdi

Гумонланувчи аёл қўлга олинган, тергов прокуратура томонидан олиб борилмоқда.

Toshkentda “Musodara tovarlar” kanali ma’muri ushlandi

У ишонч қозониш учун расмий логотиплар ва сохта ҳужжатлардан ҳам фойдаланган.

Nepalda jarlikka qulagan jip halokati qurbonlari soni 20 nafarga yetdi

Маълумотларга кўра, ҳодиса Ролпа туманидаги Джалджала ҳудудида содир бўлган. Автомобил Шарқий Рукумдан келаётган зиёратчиларни олиб кетаётган бўлган ва тоғли ҳудудда йўлдан чиқиб, тахминан 800 метр баландликдан қулаган.

G‘azoda o‘t ochish to‘xtatilganidan beri bolalar ahvoli qanday kechdi ?

2025 йил 10 октябрдан кучга кирган ўт очишни тўхтатишдан сўнг:

Turkiy Madaniyat va Meros Jamg‘armasi Prezidenti hamda Gaziantep Katta Shahar Hokimi o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi

2026 йил 27 апрель куни Туркий Маданият ва Мерос Жамғармаси Президенти, профессор Актоти Раимқулова хонимнинг Туркиянинг Газиантеп шаҳрига амалга оширган хизмат сафари доирасида Газиантеп Катта Шаҳар ҳокими Фотма Шаҳин хоним билан учрашув бўлиб ўтди.

Denovdagi qotillik yuzasidan 4 kishi qo‘lga olindi

Ушбу моддага кўра, қасддан баданга оғир шикаст етказиш жабрланувчининг ўлимига сабаб бўлса, 8 йилдан 10 йилгача озодликдан маҳрум қилиш билан жазоланиши қайд этилган.

2 viloyatda Afg‘onistondan kontrabanda qilingan opiyning katta partiyasi aniqlandi

Автомашина холислар иштирокида кўздан кечирилганда, унинг мотор қисмидаги ҳаво фильтри остига яшириб қўйилган 993 гр “опий” моддаси процессуал тартибда расмийлаштириб олинди.