O‘zbekistonda endi o‘quvchilar maktab direktori roziligisiz mamlakatdan chiqib ketolmasligi mumkin.
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining “ ‘O‘quvchilarni sinfdan sinfga va bir umumiy o‘rta ta’lim muassasasidan boshqasiga o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida’gi buyruqqa o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida”gi buyrug‘i loyihasi joylashtirildi. Loyihaga ko‘ra, ota-onalar farzandi bilan birga qaysi xorijiy davlatga ketish sabablarini va xorijda qolish muddatini ko‘rsatgan holda maktab direktori nomiga ariza bilan (o‘quv yili davomida) murojaat etadi.
Ariza maktab direktori tomonidan (direktor bo‘lmagan vaqtda, direktor vazifasini vaqtincha bajaruvchi) bir ish kuni ichida ko‘rib chiqilib, o‘quvchi vaqtincha xorijiy davlatga ketayotgani haqida hamda sinf rahbari va fan o‘qituvchilarini xabardor qilish to‘g‘risida buyruq qabul qilinadi. Direktor quyidagi holatlarda o‘quvchining ota-onalarini, yashash joyidagi mahalla fuqarolar yig‘ini raisini, tegishli tuman (shahar) maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limini va bolalar masalalari bo‘yicha tuman (shahar) komissiyasini yozma ravishda ogohlantiradi va uni dars mashg‘ulotlariga jalb etish choralarini ko‘radi:
xorijga vaqtincha chiqib ketgan o‘quvchilar xorijda bo‘lish muddati uzaytirilganligi to‘g‘risida bir hafta muddatda maktabni xabardor qilmasdan dars mashg‘ulotlariga qatnashmagan o‘quvchilar;
ota-onalar farzandi bilan xorijga ketish sabablarini va u yerda qolish muddatini ko‘rsatgan holda maktab direktori nomiga ariza bilan murojaat etmaganda.
Maktab direktori har yili 25 mayga qadar o‘quv yili davomida maktabni xabardor qilmasdan xorijiy davlatga chiqib ketib, kamida uch oydan ortiq muddatda uzluksiz dars mashg‘ulotlariga qatnashmagan (o‘quv yili yakunlanishidan oldin darsga qatnashgan o‘quvchilar bundan mustasno) o‘quvchilar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni bolalar masalalari bo‘yicha tuman (shahar) komissiyasiga kiritadi.
Mazkur o‘quvchilar bolalar masalalari bo‘yicha tuman (shahar) komissiyasi roziligi bilan o‘quvchilar safidan chiqariladi. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!
Бугун жиноят ишлари бўйича Миробод туман суди томонидан А. Воитов (Қишлоқ хўжалиги вазири лавозимида ишлаган) ва бошқаларга (жами 62 киши) оид жиноят ишини биринчи инстанцияда кўриб чиқиш бўйича суд жараёни тугаб, суд ҳукми эълон қилинди.
Маълум бўлишича, 2025 йил август ойида "Chevrolet Tahoe 2025 High Country" модели тақдим этилган; у 1,46 миллиард сўмдан бошланадиган нархда 11 сентябрдан сотувга чиқади.
Қоҳирадаги Миср миллий музейининг реставрация бўлимида фиръавн Аменемопетга тегишли бўлган билагузук йўқолди. Бу ҳақда Миср қадимий ёдгорликлар вазирлигига асосланиб CBS News хабар берди.
Терговга қадар текширув давомида, ушбу ноқонуний ишга алоқадор бўлган учинчи шахснинг яшаш хонадонидан эса 110 гр. “опий” моддаси, 2 та электрон тарози, 1200 АҚШ доллари ҳамда 28 млн. сўм процессуал тартибда расмийлаштириб олинди.
Ҳозирда унга нисбатан Жиноят кодексининг 168-моддаси 3-қисми “в” банди ҳамда 28, 211-моддаси 1-қисми билан жиноят иши қўзғатилди. Суд томонидан “қамоқ” эҳтиёт чораси қўлланди
Бу ҳақда АҚШ Давлат котиби Марко Рубио Fox News телеканалига берган интервьюсида маълум қилди. У шунингдек, Исроилнинг Қатарга ҳаво ҳужуми ва Ғарбий соҳилни аннексия қилиш режалари ҳақида ҳам тўхталиб ўтди.
Исроил ҳарбийлари Ливан жанубидаги Набатия шаҳрига ҳаво зарбасини амалга оширди. Ҳужум оқибатида саккиз нафар тинч аҳоли ҳалок бўлди, улар орасида тўрт нафар бола ва уч аёл бор.