Endi oliy ta’lim muassasalariga qabul 20 iyundan boshlanadi

Endi oliy ta’lim muassasalariga qabul 20 iyundan boshlanadi

2022/2023 o‘quv yili uchun respublika oliy ta’lim muassasalariga abituriyent sifatida ro‘yxatdan o‘tish jarayonlari 2022 yilning 20 iyunidan 20 iyuliga qadar (joriy kun ham) bo‘lib o‘tadi. Bunda onlayn ro‘yxatdan o‘tish:

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali;

Davlat test markazining rasmiy veb-sayti orqali orqali amalga oshiriladi.

Chet tili fanidan kasbiy (ijodiy) imtihon o‘tkaziladigan ta’lim yo‘nalishlariga onlayn ro‘yxatdan o‘tish 10 iyuliga qadar (10 iyul kuni ham) amalga oshiriladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!