Elektr tarmoqlariga noqonuniy ulanib, davlatga katta miqdorda zarar yetkazish holatlari aniqlandi

Elektr tarmoqlariga noqonuniy ulanib, davlatga katta miqdorda zarar yetkazish holatlari aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Quva tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “F.S.” MCHJ rahbari I.A. va boshqalar tosh maydalash sexidagi elektr hisoblagichga tashqaridan ta’sir o‘tkazib, jami 279,3 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.

Shu kabi, Bulung‘ur tumanidagi “D.I.” fermer xo‘jaligi va Payariq tumanidagi “F.F.” oilaviy korxonasi rahbarlari xo‘jalik suv nasosini hamda to‘yxona binosini umumuy foydalanishdagi elektr tramog‘iga o‘zboshimchalik ulab, jami 225 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.

Departamentning Toshkent viloyati boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, Bekobod tumanidagi “M.G.” MCHJ rahbari G.A. va boshqalar ishlab chiqarish sexidagi elektr hisoblagich tamg‘asini buzib jami 192,2 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 185-2-moddasi (elektr, issiqlik energiyasi, gaz, vodoprovoddan foydalanish qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!