Elektr energiyasini qanday tejash mumkin? Mutaxassis javob berdi

A A A
Elektr energiyasini qanday tejash mumkin? Mutaxassis javob berdi

Bu dunyoda hamma narsaning oxiri bor, xususan, tabiiy resurslarning ham. Shuning uchun ularni, xususan, elektr energiyasini tejash bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biriga aylangan. Xo‘sh, energiyani qanday tejash mumkin? Bu borada nimalarga amal qilish lozim? Bu savollarga Energetika vazirligining Qayta tiklanuvchi energiya manbalari, energiya samaradorligi va energiya auditi boshqarmasi bosh mutaxassisi Bekzod Asadovdan javob oldik.

1. Elektr energiyasini tejash borasida qanday tavsiyalar berasiz?

— Xonadonlarimizda elektr energiyasidan foydalanishda samaradorlikni oshirish uchun biz aynan qaysi maqsadlarda nima qurilmalar tomonidan ko‘proq elektr energiyasi iste’mol qilinayotganini bilishimiz lozim bo‘ladi. Ba’zi xonadonlarda bu yoritgich chiroqlari ba’zilarida kir yuvish mashinalari bo‘lishi mumkin. Yoki boshqa qurilmalar tomonidan ko‘p miqdorda elektr energiyasi behuda iste’mol qilinayotgan bo‘lishi mumkin. Shu boisdan biz o‘zimizdagi qurilmalarni samaradorligi bo‘yicha ko‘rikdan o‘tkazishimiz lozim. Aynan qurilmalar misolida aytaylik yoritish qurilmalaridan foydalanganimizda xozirda chug‘lanma lampalardan foydalanish deyarli to‘xtatilgan. Ba’zi hududlarda agarda bor bo‘lmasa umuman barcha joyda led lampalardan foydalanilmoqda. Ular chug‘lanma lampalarga qaraganda ancha samarador. Lekin shunday bo‘lsa ham bizda aytaylik odam bo‘lmagan, ish faoliyati davom etmayotgan joyda maqsadsiz yoritish holatlari sodir bo‘ladi. Misol uchun, agar biror bir joyda qurilish yoki elektr simlari ochiq ya’ni inson uchun xavfli bo‘lishi mumkin bo‘lgan joylarda yorug‘likni ta’minlash mumkin. Ammo zaruriyat bo‘lmagan joylarda foydalanilgan bo‘lsa bunda elektr energiyasidan maqsadsiz foydalanilgan bo‘ladi. Shuning uchun ham biz aytaylik o‘tirmayotgan xonalarimizda chiroqlarni o‘chirib yurishimiz, binolarda esa detektrlarni o‘rnatib elektrdan maqsadli foydalanishimiz mumkin. Xususan, bu o‘rinda aytish mumkinki tabiiy yorug‘likdan foydalanish ham ancha samarador yechim hisoblanadi. Masalan, quyosh chiqishi va botishiga qarab joylashgan xonalarda oynani ochib qo‘yish ham yetarlicha yorug‘lik beradi. Bu ham kun davomida elektrdan foydalanishni ancha miqdorini kamaytiradi. Bundan tashqari xonadonlarimizda mavjud bo‘lgan energiya samaradorlik ko‘rsatgichi past bo‘lgan qurilmalar xususan mikroto‘lqinli pechlar, kiryuvish mashinalarini yangilashimiz, yangi standartlarga mos keladiganlariga almashtirishimiz orqali samaradorlikni oshirishimiz mumkin. Kir yuvish mashinalariga to‘xtaladigan bo‘lsak agarda ulardan foydalanishda sig‘imiga nisbatan kam miqdorda o‘g‘irlik hosil qiluvchi kirlar yuvilsa uni ko‘p marta aylanishiga va elektr energiyasi keragidan ortiq sarflanishiga sabab bo‘ladi. Shuningdek, xonadonlarimizda maqsadsiz ravishda elektr energiyasini past miqdorda bo‘lsa ham sarflab yotadigan qurilmalar mavjud. Misol uchun, zaryadlovchi qurilmalar va boshqalar. Ularni o‘chirib qo‘yish ham kam bo‘lsa ham elektrni tejaydi. Asosiy elektr sarflovchi qurilmalar bu suv isitgichlari bo‘lib, ular suvni yuqori bosimda isitib qo‘yib ma’lum vaqt ichida yana soviydi va yana isitishga to‘g‘ri keladi.

2. Bugungi kunda elektr energiyasidan samarali foydalanish qanchalik muhim?

— Elektr energiyasidan samardorlikni ta’minlash uchun uchta asosiy misol keltirishimiz mumkin. Ulardan biri biz elektr energiyasini iste’mol qilayotganimizda behuda sarflanayotgan elektr energiyasidagi yo‘qotishlar tizimda elektr stansiyalari tomonidan ham ta’minlanishi lozim bo‘ladi. Shuningdek,elektr energiyasiga ehtiyoj o‘sib bormoqda mazkur ehtyoj o‘sib borishi bilan birga ular orqali isrofgarchilik ham o‘sib boradi. Hamda isrof bo‘layotgan elektr stansiyalari qurilishi, podstansiyalar qurilishi kapital qurilish xarajatlarini amalga oshirishimiz kerak bo‘ladi. Mazkur elektr stansiyalarida ishlab chiqariladigan elektr energiyasi ortiqcha xarajatlar yakuniy elektr energiyasi tarifida o‘tiradi. Vaholanki, biz samaradorlikni oshirish orqali elektr energiyasi mazkur yo‘qotishlarni kamaytirish bilan kapital xarajatlarni oldini olish mumkin.

Ikkinchi misol qilib keltirishimiz mumkin bo‘lgan sabablar aytaylik O‘zbekistonda elektr energiyasi asosan qazilma yoqilg‘ilardan ishlab chiqariladi agarda biz elektr iste’molini yo‘lga qo‘ymasak mazkur energiya resurslari qayta tiklanmagani uchun behuda sarflanadi. Kelajak avlodga mazkur energiya zaxiralari yetib bormaydi agarda biz samaradorlik bilan foydalansak biz nafaqat o‘zimiz uchun balki kelajak avlod uchun ham energiya zaxiralarini saqlab qolgan bo‘lamiz.

Yana bir misol qilish mumkin bo‘lgan xabaringiz bor xozirda global iqlim o‘zgarishi sodir bo‘lmoqda. Ushbu global iqlim o‘zgarishiga qayta tiklanmaydigan energiya manbalaridan ishlab chiqarilgan issiqxona gazlari sabab bo‘lmoqda. Agarda biz elektr energiyasini ortiqcha sarflab ishlatadigan bo‘lsak qayta tiklanmaydigan qazilma yoqilg‘ilaridan ortiqcha foydalanishga, atrof-muhitga issiqxona gazlarini ishlab chiqishga sabab bo‘lamiz. Bu o‘z navbatida iqlim o‘zgarishi, iqlim barqarorligini izdan chiqarishga sabab bo‘ladi. Elektr energiyasidan foydalanishda shunday fikr bildirish mumkinki, xozirgi kunda elektr energiyasi isitish va sovutishda keng foydalaniladi. Xususan, xonani sovutish jadal suratda o‘sib bormoqda. Agarda biz binoda ortiqcha tirqichlar, eshik oylanalarni ochiq qolishi holatlari bo‘ladigan bo‘lsa xonani sovutish uchun behuda sarflagan bo‘lamiz. Energiya samarador binolarda ularning izolyasiyasi bilan birga eshiklar ikki qavatli bo‘ladi. Masalan, birinchi qavat eshik yopilgach ikkinchisi ochiladi. Bunda xonadagi butun haroratni eshik orqali yo‘qotilishi, temperaturaning o‘ynashini tushib chiqishi oldi olinadi. Shu sababli ham elektr energiyasidan foydalanishda samaradorlikni oshirish mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Nurmat Otabekov xantavirus bo‘yicha axborot bilan chiqdi

Шу кунларда ижтимоий тармоқларда дунёнинг айрим мамлакатларида хантавирус инфекцияси тарқалаётгани ҳақида турли хабарлар эълон қилинмоқда. Хўш, у қандай касаллик? Инфекциянинг Ўзбекистонда тарқалиш эҳтимоли борми?

«Real» ichidagi «sotqin» topildi

«Реал» президенти Флорентино Перес клуб ичидаги сирларни ташқарига чиқарган — Федерико Вальверде ва Орельен Тчуамени ўртасидаги низо ҳақидаги маълумотни матбуотга сиздирган шахс топилганини маълум қилди.

Yana bir davlat Eronga maxfiy ravishda hujum uyushtirgan

Бу ҳақда Reuters агентлиги Ғарб давлатлари ва Эрондаги манбаларига таяниб хабар берди.

10 ming qadam yurganlarga pul to‘laydigan platforma ishga tushdi

Илова 1 майдан фаолият бошлаган бўлиб, уни App Store ва Play Market орқали юклаб олиш мумкин.

Ronaldu shokda! “An-Nasr” darvozaboni o‘ziga gol urib, chempionlikni ortga surdi

Саудия Арабистони Профессионал лигасининг 32-туридан ўрин олган учрашувда биринчи ўринда бораётган “Ан-Наср” энг яқин таъқибчиси “Ал-Ҳилол”ни қабул қилди.

Harbiy qo‘mondonlik Putinni Rossiya armiyasi kuzgacha butun Donbassni egallashiga ishontirdi

Бу ҳақда Financial Times Россия президентининг атрофидаги манбалар, вазиятдан хабардор суҳбатдошлар ва Украина разведкасининг баҳосига таяниб ёзмоқда.

Mourinyo "Real"dan haydaydigan ilk futbolchi nomi ma’lum

Жозе Моуриньо «Реал» бош мураббийлигига тайинланишга яқин турибди. Португалиялик мутахассис ўз режаларига киритилмаган илк футболчини аниқлаб улгурди.

«Manchester Siti» yangi bosh murabbiy bilan kelishuvga erishdi

«Манчестер Сити» клуби Хосеп Гвардиолага ўринбосар топиб бўлди. Аввалроқ тахмин қилинганидек, испаниялик мутахассиснинг ўрнини Энцо Мареска эгаллаши керак.

Orol Pekinga tegishli emas va unga bo‘ysunmaydi

Лайнинг ушбу баёноти АҚШ президенти Доналд Трамп ва Си Жинпин ўртасида Пекинда бўлиб ўтган учрашувдан бир неча кун ўтиб янгради.

Elektr va gaz narxlari bo‘yicha hukumat qarori qabul qilindi

Вазирлар Маҳкамасининг тегишли қарори билан 2026 йил 1 июндан бошлаб электр энергияси ва табиий газнинг янги тарифлари тасдиқланди.

Himolayda 2021 yilda yo‘qolgan rossiyalik talaba yildan keyin Nepaldagi baland tog‘li buddaviy monastirda topildi

Алина тоғ касаллиги сабаб ҳушидан кетган ҳолда монахлар томонидан топилган ва даволанган. Шу вақт ичида у тибет тиббиёти, медитация ва доривор ўсимликларни ўрганишга киришган.

Abduqodir Husanov ota-onasiga 330 ming dollarlik villa sovg‘a qildi

Бу ҳақда компания асосчиси Марат Хайруллаевич ўзининг шахсий Instagram саҳифасида очиқлади.

Abduqodir Husanov uchun katta mablag‘ sarflashga tayyor grand jamoa paydo bo‘ldi

«Манчестер Сити» ҳимоячиси Абдуқодир Ҳусанов клуб рўйхатини ўзгартириши мумкин.

O‘zbekistonliklar may oyida 14 kun dam oladi

Меҳнат кодексининг 208-моддасига асосан дам олиш куни ишланмайдиган байрам кунига тўғри келган тақдирда, дам олиш куни байрамдан кейинги иш кунига кўчирилади.

MDH davlatlarida qancha Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari qolgan?

2026 йилнинг май ойи ҳолатига кўра, орамизда яшаб келаётган фахрийларнинг сони мамлакатлар кесимида турлича.

Netanyaxu: “birinchi zarbalardan keyin Eron qulashi mumkin”

Бу ҳақда АҚШ Марказий разведка бошқармаси ва Пентагоннинг собиқ раҳбари Роберт Гейтс маълум қилди.

Ukraina urushi yangi xavfni ochib berdi: «Hizbulloh» Isroilga qarshi optik tolali FPV dronlar bilan hujum qilmoqda

Ливандаги «Ҳизбуллоҳ» гуруҳи Исроилга қарши ҳужумларда янги авлод ФПВ дронларидан фаол фойдаланмоқда.

Kuba AQShga «qonli qirg‘in» bilan tahdid qildi

Гавана юзлаб ҳарбий дронлар ҳақидаги хабарлар ортидан эҳтимолий зарбанинг оқибатлари ҳақида огоҳлантирди.

Qashqadaryo viloyatida tarvuz eksporti boshlandi

Қашқадарё вилоятининг Кўкдала туманида кўп йиллардан буён эрта пишар тарвуз етиштириш анъанаси давом этмоқда

Kreml Putinning Xitoyga tashrifidan katta umid qilayotganini bildirdi

Россия жорий ҳафтада Владимир Путиннинг Хитойга уюштирадиган ташрифига катта умид боғламоқда.

Bokuda “Merosdan barqarorlik sari: turkiy uylar” panel sessiyasi bo‘lib o‘tdi

Тадбирнинг очилишида сўзга чиққан Туркий маданият ва мерос жамғармаси президенти, профессор Актоти Раимқулова бундай нуфузли форумнинг Бокуда ўтказилиши муҳим аҳамиятга эга эканини таъкидлади. Унинг қайд этишича, ушбу форум ҳукуматлар, олимлар, меъморлар, халқаро ташкилотлар ҳамда фуқаролик жамияти вакилларини бирлаштирувчи муҳим глобал майдон ҳисобланади.

San-Diyegodagi otishma qurbonlari soni besh kishiga yetdi

Ҳалок бўлганлардан бири қўриқчи бўлиб чиқди.

Tadbirkorning 2 mlrd so‘mlik mulkini o‘zlashtirgan shaxslar fosh etildi

Мазкур ҳолат юзасидан Жиноят кодексининг 167-моддаси (ўзлаштириш ёки растрата йўли билан талон-торож қилиш) билан жиноят иши қўзғатилиб, тергов ҳаракатлари ўтказилмоқда.

Kuba dronlari Floridaga tahdid solmoqda degan ayblov: Gavana AQShni “bosqinchilikka bahona yaratmoqda” deb tanqid qildi

Халқаро ОАВ, жумладан Axios нашрига таяниб тарқалган маълумотларга кўра, АҚШ разведкаси Кубада 300 дан ортиқ ҳарбий дронлар мавжудлиги ва уларнинг эҳтимолий ҳарбий сценарийларда ишлатилиши мумкинлигини кузатмоқда.

“O‘zbekiston global investorlar diqqat markazida” — dunyoning yirik investorlari tarixiy IPOni e’tirof etmoqda

Президент Шавкат Мирзиёев раҳбарлигидаги Ўзбекистон ҳукумати билан давлат корхоналарида самарали бошқарувни йўлга қўйиш, иқтисодиётни қўллаб-қувватлайдиган кучли ва барқарор бизнесларни шакллантириш ҳамда маҳаллий капитал бозорини ривожлантириш йўлида ҳамкорлик қилаётганидан фахрланади.

Netanyaxu: Isroil hozir G‘azoning 60 foizini nazorat qilmoqda

Исроил бош вазири Биньямин Нетаньяхунинг айтишича, асосий вазифа Ғазо Исроилга таҳдид солмайдиган ҳолатга келтиришдир.

Kallas AQSH, Xitoy va Rossiyani Yevropani bo‘lishga urinishda aybladi

Европа Иттифоқининг ташқи ишлар ва хавфсизлик сиёсати бўйича олий вакили Кая Каллас АҚШ, Хитой ва Россия Европани заифлаштиришга ҳаракат қилаётганини билдирди.

Moskva va atrofidagi hududga yirik dron hujumi: uch kishi halok bo‘ldi

Москва ва Москва вилояти бир йилдан ортиқ вақт ичидаги энг йирик дрон ҳужумига учради. Ҳужум оқибатида камида уч киши ҳалок бўлди, 17 киши турли даражада жароҳат олди.

JSST Ebola virusi sabab favqulodda holat e’lon qildi

ЖССТ Африкада Эбола эпидемияси туфайли фавқулодда ҳолат эълон қилди.

Italiyaning Modena shahrida avtomobil piyodalarni urib ketdi

ANSA маълумотларига кўра, ҳодисага сабабчи бўлган шахс келиб чиқиши шимолий африкалик бўлган 30 ёшли Италия фуқаросидир.

Bangkokda poyezd avtobus bilan to‘qnashishi oqibatida 8 kishi halok bo‘ldi

Ҳалокатга учраган поезд оғир контейнерларни ташиётган бўлган ва тўқнашувгача ўз вақтида тормоз беришга улгурмаган.

Putin «Moldovani darg‘azab qiluvchi» hujjatni imzoladi

Россия президенти Владимир Путин Днестрбўйи аҳолисининг Россия фуқаролигини олишини осонлаштирувчи фармонга имзо чекди.

O‘zbekiston delegasiyasi “Women in Tech Global Summit 2026”da ishtirok etdi

Ҳар йили ўтказиладиган “Women in Tech 2026” саммити Африканинг энг йирик технологик хабларидан бири ҳисобланган Кейптаун шаҳрида (Жанубий Африка Республикаси) бўлиб ўтди. Бу галги тадбир дунёнинг 60 мамлакатидан 700 дан ортиқ иштирокчини, хусусан, халқаро ташкилотлар, технологик компаниялар, давлат сектори, стартап-экотизимлар ва “Women in Tech” глобал ҳамжамияти вакилларини бирлаштирди.

O‘zbekiston ilk bor jahon moliya bozorida: milliy IPO orqali 600 million dollardan ortiq mablag‘ jalb qilindi

Ўзбекистон тарихида илк бор йирик халқаро акциядорлик битими амалга оширилди — “Ўзбекистон Республикаси Миллий инвестиция жамғармаси” АЖ (UzNIF) ўз акцияларини Лондон ва Тошкент фонд биржаларида оммавий савдога чиқарди.

1 iyundan elektr energiyasi va tabiiy gazning yangi tariflari joriy etiladi

Ҳукуматнинг тегишли қарори (243-сон, 15.05.2026 й.) билан 2026 йил 1 июндан электр энергияси ва табиий газнинг янги тарифлари тасдиқланди.

Zelenskiyning «o‘ng qo‘li» — Andrey Yermak qamoqqa olindi

Украина Олий аксилкоррупция суди Президент офисининг собиқ раҳбари Андрей Ермакни қамоққа олиш ҳақида қарор чиқарди. Суд жараёнида унинг фолбин билан маслаҳатлашгани ҳақида ҳам сўз борди.

Gaitida qurolli to‘dalar to‘qnashuvi: 5 mingdan ortiq odam uy-joysiz qoldi

Гаитида қуролли тўдалар ўртасидаги шиддатли тўқнашувлар оқибатида сўнгги уч кун ичида қарийб 5300 киши ўз уйини тарк этишга мажбур бўлди.

«Nakba»ning 78 yilligi: halok bo‘lganlar soni 50 foizga oshdi, vayronagarchilik esa bir necha barobar kuchaydi

78 йил аввал содир бўлган «Буюк фожеа» — «Накба»дан кейин фаластинликлар яна ўша азобларни бошдан кечирмоқда, аммо бу сафар анча кенг кўламда.

Xorazmda MIB xodimiga nisbatan jinoyat ishi ochildi

Эвазига 1500 АҚШ доллари олган вақтида Давлат хавфсизлик хизмати ходимлари томонидан ашёвий далиллар билан ушланди.

Migrasiya agentligining sobiq mulozimi xalqaro qidiruvga berildi

35 ёшли Азизбек Тоштемировнинг исми «қизил билдиришномалар» рўйхатида ва у фирибгарликда гумонланмоқда.