Eldor Shomurodov Italiyaga yo‘l olmoqda. "Jenoa" klubi uning transferini tasdiqladi

Eldor Shomurodov Italiyaga yo‘l olmoqda. "Jenoa" klubi uning transferini tasdiqladi

"Jenoa" klubi sport direktori Daniele Fajiano "Rostov" klubida to‘p surayotgan hamyurtimiz Eldor Shomurodovning transferini tasdiqladi.

"Biz transferning barcha shartlarini kelishib oldik. O‘ylashimcha, Shomurodov tez orada Italiyaga tashrif buyuradi. Bu voqea tezroq ro‘y berishiga umid bildirib qolaman", - degan Fajiano.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq "Jenoa" Eldor Shomurodov uchun 8 million yevro taklif qilayotgani xabar qilingan edi.

Ma’lumot uchun, "Jenoa" ayni paytda «Italiya A» seriyasida 12-pog‘onada bormoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!