Ektor Kuper endi Suriya terma jamoasini boshqaradi

Ektor Kuper endi Suriya terma jamoasini boshqaradi

Ektor Kuper Suriya terma jamoasi bosh murabbiyi bo‘ldi. Bu haqda Suriya terma jamoasining instagram sahifasida ma’lum qilindi.

Bungacha mazkur termani Hussam Al Said boshqarib kelayotgandi.

Avvalroq Karlush Keyrush bilan xayrlashgan Eron 67 yoshli Kuper nomzodini ko‘rib chiqayotgani aytilgandi.

Ma’lumot o‘rnida, argentinalik taniqli mutaxassis 2018 yilning avgustidan 2019 yilning sentyabr oyiga qadar O‘zbekiston terma jamoasiga ustozlik qilgan.

Shuningdek, u "Malyorka", "Valensiya", "Inter", "Betis" va "Parma" klublarida, Gruziya, Misr hamda Kongo DR terma jamoalarida faoliyat yuritgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!