Efiopiyada qadimiy masjid tiklanadi

Efiopiyada qadimiy masjid tiklanadi

Efiopiya hukumati Dajla viloyatidagi ko‘hna Al-Nejashi masjidini tiklashga va’da berdi, xabar bermoqda Anadolu agentligi. Qadimiy masjid hisoblangan Al-Nejashi hududida VII asrda Efiopiyaga kelgan Muhammad Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam sahobalarining qabrlari bor. Ular mushriklardan qutulish uchun Saudiya Arabistonidan qochib ketishgan.

Islam.ru ma’lumotlariga ko‘ra, Al-Nejashi eng hurmatli joylardan biri hisoblanadi. Bino Tigraydagi mojaro, o‘tgan yilning noyabrida xalq Ozodlik fronti (TPLF) federal kuchlarga qarshi isyon ko‘targan paytida shikastlangan. Efiopiya hukumati masjidga yetkazilgan zararning darajasini baholash uchun u yerga texnik jamoa yo‘lga tushganini ma’lum qildi.

Efiopiya madaniy merosni o‘rganish va saqlash bo‘yicha idorasi direktorining o‘rinbosari so‘zlariga ko‘ra, tez orada qayta tiklash ishlari boshlanadi. Harbiylarning ushbu harakatlarini kufrlik deb atagan Al-Nejashi imomlarining noroziligiga qaramay, TPLF masjid hududida xandaq qazilgani ma’lum bo‘ldi.
"Krasnaya Vesna" axborot agentligining xabar berishicha, jangovar harakatlar paytida masjid yaqinida joylashgan xristianlarning Emanuel cherkovi ham zarar ko‘rgan.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!