Dzyudo. Obidxon No‘monov Tbilisi “Katta dubulg‘a” turnirining kumush medaliga sazovor bo‘ldi

Dzyudo. Obidxon No‘monov Tbilisi “Katta dubulg‘a” turnirining kumush medaliga sazovor bo‘ldi

Gruziya poytaxti mezbonlik qilayotgan dzyudo bo‘yicha “Katta dubulg‘a” musobaqasining ikkinchi kunida O‘zbekiston terma jamoasining g‘aznasi kumush medali bilan boyidi.

-73 kg vazn toifasida finalgacha yetib borgan Obidxon No‘monov shohsupaning ikkinchi pog‘onasidan joy oldi. Hamyurtimiz final bellashuvida mo‘g‘ulistonlik Erdenbayar Batzayaga imkoniyatni boy berdi.

Bu No‘monov uchun “Katta dubulg‘a” turnirlaridagi uchinchi medal bo‘ldi. Eslatib o‘tamiz, kechagi bellashuvlarda Diyora Keldiyorova -52 kg vazn toifasida shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarilgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!