DXMlarda qanday xizmatlar pullik?

A A A
DXMlarda qanday xizmatlar pullik?

So‘nggi kunlarda davlat xizmatlari markazlarida tezkor xizmatlar uchun alohida tariflar belgilanganligi, ma’lumotlar davlat tilida berilmayotgani va boshqa shu kabi xabarlar turli tushunmovchiliklarga sabab bo‘lmoqda. Shuni e’tiborga olib davlat xizmatlari markazlari qanday ishlashi va nima hisobidan moliyalashtirilishini, shuningdek, u yerda yuzaga kelayotgan muammolarning sabablarini oydinlashtirish maqsadga muvofiq.

DXMlar nima uchun kerak?

DXMlar 2017 yil 12 dekabrdagi Prezident Farmoni bilan tashkil etilgan bo‘lib, bundan quyidagi asosiy maqsadlar ko‘zda tutilgan:

a) davlat xizmatlari ko‘rsatishni qulaylashtirish, optimallashtirish, samaradorligini oshirish;

b) raqamli texnologiyalar yordamida zamonaviy ishlashga o‘tish va korrupsiya omillarini yo‘qqa chiqarish;

v) elektron tizim vositasida shaffoflik va tezkorlikni ta’minlash.

DXMlar qanday ishlaydi?

Dunyoda keng yoyilgan ushbu tizim qaysidir mamlakatlarda mustaqil tuzilma, ayrimlarida u yoki bu davlat organi tarkibida faoliyat yuritadi. Shuningdek, davlat xizmatlarini faqat DXMlar orqali yoki aralash (DXM + an’anaviy real hujjat aylanishi) tarzida ko‘rsatish variantlari ham jahon tajribasida uchrab turadi. O‘zbekistonda davlat xizmatlari faqat DXMlar orqali ko‘rsatiladi (belgilangan xizmat turlari).

DXMlar turli tashkilotlar va idoralarning elektron axborot bazalariga ulanadi va ularda bor ma’lumotlarni tezkor, hech o‘zgarishsiz, qalbakilashtirishlarga yo‘l qo‘ymagan holda fuqarolarga taqdim qiladi. Bunda tizim ma’lumotlarning mazmuni, tili va sifatiga aralashmaydi, axborotni bazada qanday bo‘lsa, shunday chiqarib beradi.

DXMlar davlat byudjetidan moliyalashtiriladimi?

Yo‘q. DXMlar o‘zini o‘zi ta’minlovchi tashkilot bo‘lib, davlat byudjetidan moliyalashtirilmaydi.

Nega ayrim to‘lovlar qimmat?

Bugungi kunda DXMlarda ko‘rsatilayotgan xizmatlarning 58 foizi bepul, faqat 42 foizigina pullikdir. 

Ayrim xizmat turlari uchun fuqaro ma’lum miqdorda to‘lov to‘lashi mumkin. Masalan, o‘rta maxsus, kasb-hunar, oliy ta’lim to‘g‘risidagi hujjat nostrifikasiyasi uchun BHMning 3 baravari (669 ming so‘m) to‘lanadi, bundan DXMlar hisobiga ushbu summaning 20 foizigina tushadi. Milliy haydovchilik guvohnomasini yangi namunaga almashtirish uchun esa BHMning 70 foizi (156 100 so‘m) miqdorida davlat boji undiriladi va bu summadan ko‘rsatilgan xizmat uchun hech qanday foiz olinmaydi.

Nima uchun navbat katta?

2017 yilgacha Yagona darcha tarzida faqat tadbirkorlarga bor-yo‘g‘i 17 ta xizmat turini ko‘rsatgan tuzilma ikki yilda 130 ta xizmat turi ko‘rsatuvchi katta tizimga aylandi. Ammo xodimlar soni hamon o‘zgarmagan. Ya’ni mavjud 201 ta DXM da 2017 yilgacha 1500 nafar operator ishlagan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich hozir ham o‘zgarishsiz turibdi. Ish hajmi esa yetti-sakkiz barobar oshgan. Bir kunda (09.03.2020 holatiga ko‘ra) respublika bo‘yicha qariyb 60 ming kishi DXMlarga ariza qoldiradi. Bir operator 1 kunda o‘rtacha 40 ta fuqaroga xizmat ko‘rsatadi.

Bundan tashqari, DXMlar soni aholi jon boshiga hisoblaganda ancha kam. Hozirda 201 ta markaz faoliyat yuritayotgan bo‘lsa, joriy yilda yana 100 ta shunday markazlar ishga tushirilishi rejalashtirilgan. Solishtirish uchun: aholisi O‘zbekistondan ikki barobarga kam (17 mln) Niderlandiyada 352 ta DXM mavjud va ularda 600 dan ortiq davlat xizmatlari ko‘rsatiladi. Ushbu faktning o‘ziyoq bizda hali ko‘plab DXMlarga ehtiyoj mavjudligini ko‘rsatadi.

So‘nggi ikki yilda DXM operatorlari, dasturchilari, menejerlari va boshqa personallari oldiga katta vazifa qo‘yildi. Ya’ni ilgari 17 ta xizmatni ko‘rsatib kelgan xodimlar birdaniga 130 ta xizmat turini tezkor ko‘rsatishga o‘rganishi, ya’ni shuncha yo‘nalishni birdek o‘zlashtirib, o‘z faoliyatini samarali tashkil etishi lozim bo‘ldi. Buning uchun yetarli tajriba va biroz vaqt kerak.

Davlat xizmatlari agentligi ushbu muammolarni muntazam aniqlab, bartaraf etish choralari ustida amaliy harakatlar qilmoqda. Masalan, kassalarga navbatlarni qisqartirish uchun elektron to‘lov tizimlari joriy etilgan. Shuningdek, elektron raqamli imzosi bor fuqarolar kerakli xizmatlarni masofadan (masalan, uydan, ofisdan va h.k.) turib yoki DXMlardagi o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish nuqtalarida yagona interaktiv portal (my.gov.uz) orqali olishlari mumkin. Bunda ularga DXMdagi xodimlar maslahat va yordam berishadi. Biroq ko‘pchilik fuqarolar ushbu usullardan bexabar yoki foydalanishni bilmaydilar/istamaydilar.

Bundan tashqari, xodimlarning malakasini oshirish uchun muntazam ravishda turli treninglar tashkil etiladi. Ularni mehnatga yarasha rag‘batlantirish maqsadida faoliyatini individual baholash tizimi joriy etilgan.

DXMlardagi uzun navbatlar soha rivojlanib borishi ortidan yaqin kelajakda ijobiy yechim topadigan masaladir.

Tezkor xizmat ko‘rsatish uchun alohida tariflar nimaga kerak?

Davlat xizmatlari markazida navbat kutuvchilarga qulaylik yaratish maqsadida qator ishlar amalga oshirilgan. Xususan, yangi qurilgan markazlarda keng, qulay, kondisionerli zallar, yumshoq hududlar, bolalar maydonchasi, kutubxona va kafeteriylar mavjud. Barcha markazlarni bosqichma-bosqich shunday rekonstruksiya qilish rejalashtirilgan va amalga oshirilmoqda.

Bundan tashqari, ayrim fuqarolarga xizmatlarni alohida tariflar orqali tezkor ko‘rsatish ham taklif etiladi. Buning bir qancha sabablari bor.

Birinchi, navbatlarni tezlashtirish yoki aylanib o‘tish uchun turli korrupsion tuynuklar qidirishga barham beradi. Chunki ishi tez bitishi kerak bo‘lgan odam navbatga turmaslik, belgilangan muddatgacha kutmaslik uchun turli aylanma yo‘llarni qidiradi, shunda korrupsiya va qonunbuzarliklar riski ortadi.

Ikkinchi, tezkor xizmat ko‘rsatuvchi xodim, uning ish jihozlari va faoliyati uchun zarur boshqa vositalar DXMlar byudjetiga qo‘shimcha yuk bo‘lib tushadi va ular qaysidir mablag‘lar hisobiga moliyalashtirilishi kerak.

Uchinchi, ushbu xizmatlar umumiy xizmat ko‘rsatish jarayoniga hech qanday ta’sir ko‘rsatmaydi, ya’ni umumiy navbatda turgan mijozlarning navbat tartibi bu bilan o‘zgarmaydi.

To‘rtinchi, alohida tarif asosida tezkor xizmat ko‘rsatuvchi xodim bo‘sh qolsa, umumiy tartibda navbatda turgan mijozlarga ham xizmat ko‘rsatishi mumkin, bu esa navbatlarning kamayishiga olib keladi.

Beshinchi, bu tizim jahonda keng qo‘llaniladi va o‘z samaradorligini isbotlagan. Masalan, Niderlandiyada yo‘qolgan pasportni odatdagi tartibda tiklash 74 yevro, tezkor tartibda tiklash esa 124 yevroga tushadi.

Oltinchi, ushbu turdagi xizmatdan kelib tushgan mablag‘ DXMlar faoliyatini rivojlantirishga sarflanadi. Chunki mazkur tizim axborot texnologiyalari va zamonaviy texnika yangiliklarini muntazam va jadal ravishda joriy etish hamda kadrlar malakasini doimiy ravishda oshirib borishni taqozo qiladi, bu esa katta mablag‘ni talab etadi.

Elektron davlat xizmatlari ko‘rsatish qariyb 30 yillik tarixga ega. Niderlandiyada 1994, Avstraliyada 1997, Kanadada 2005 yillarda joriy etilgan ushbu tizim O‘zbekistonda endigina ikki yoshni qarshiladi. Tizim bugungi kunda shakllanish va rivojlanish jarayonini boshidan kechirmoqda. Shunga qaramay, u zamon shiddatiga hamohang tarzda tezkor rivojlanyapti. Bu jarayonga Davlat xizmatlari agentligi va butun tizim xodimlari jiddiy safarbar etilgan.

Davlat xizmatlari agentligi 
jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Uganda prezidentining o‘g‘li Turkiyadan 1 mlrd dollar va eng go‘zal qizni talab qilmoqda

Уганда президентини ўғли, армия қўмондони Муҳузи Кайнеругаба Туркияга нисбатан баҳсли баёнот билан чиқди.

Abduqodir Husanovning muvaffaqiyatlari ortidan Qozog‘iston futboli tanqid qilindi

Қўшни давлатларда аллақачон жаҳон даражасига чиққан футбол юлдузлари етишиб чиқаётган бир пайтда, Қозоғистон футболи ҳамон Дастан Сатпаевнинг келажакдаги муваффақиятига умид қилиб яшамоқда.

“Real” yulduzlarni jilovlaydigan murabbiy topdi

“Реал” раҳбарияти жамоага бош мураббий сифатида Дидье Дешамни таклиф қилишга тайёргарлик кўраётгани хабар қилинган эди.

AQSh Husanovdan hayratda!

АҚШнинг жаҳонга машҳур The New York Times нашри Ўзбекистон миллий терма жамоаси ва “Манчестер Сити” ҳимоячиси Абдуқодир Ҳусанов ҳақида таҳлилий материал эълон қилди.

Samarqandda 1956 yilda tug‘ilgan fuqaro yashash uyida vafot etganligi holati yuzasidan prokuratura tekshiruv olib bormoqda

Марҳумнинг ўлим сабабларини аниқлаш мақсадида суд-тиббиёт экспертизаси тайинланган.

Eronning ikki million barrel neft tashiy oladigan supertankeri AQShning Ho‘rmuz bo‘g‘ozidagi dengiz blokadasini muvaffaqiyatli yengib o‘tdi

Bloomberg агентлиги Ҳўрмуз бўғозидан бунгача Хитойга алоқадор Rich Starry танкери ўтганини ҳақида хабар берганди.

Ronaldu bo‘ldi, futbolni tugat!

Швециялик собиқ футболчи Андерс Лимпар Криштиану Роналдуга карьерасини якунлашни маслаҳат берди.

Lionel Messi Kataloniya klubini sotib oldi

АҚШнинг “Интер Майами” ва Аргентина терма жамоас сардори Лионель Месси Терсера RFEF (Испаниянинг бешинчи дивизиони) лигасида иштирок этувчи Каталониянинг “Корнеля” клубини сотиб олди.

"Chelsi"ga qarshi Abduqodir Husanovning o‘yini qanday baholandi? (Foto)

Англия чемпионати 32-турида "Манчестер Сити" "Челси" майдонида 3:0 ҳисобида йирик ғалабани расмийлаштирди.

Xitoy AQShni ogohlantirdi

Хитой Ҳормуз бўғозидан фойдаланиш, Эрон билан савдо алоқалари ва энергетика келишувларини давом эттиришини маълум қилди.

Eronda bir baqqol do‘koni oynasida shunday yozuv ilgan:

«Бу хаёлий маҳсулот эмас. Агар эҳтиёжинг бўлса, ол — урушдан кейин тўлайсан.»

Eronda 19 yoshli sportchi dorga osib qatl etildi

19 ёшли Солиҳ Муҳаммадий — Эрон ёшлар терма жамоаси аъзоси ва 2024 йил халқаро мусобақалар совриндори — яна икки йигит билан бирга дорга осиб қатл этилди.

Erling Xoland o‘ziga yangi jamoa tanladi

Бу ҳақда Football365 портали журналистлари хабар бермоқда.

Javohir Sindarov va ijtimoiy tarmoqlarni portlatgan surat

Бу лавҳа ҳар икки давлат фойдаланувчилари ўртасида қизғин муҳокамаларга сабаб бўлди.

Tehronda Oliy rahbar vafoti munosabati bilan katta motam marosimi bo‘lib o‘tmoqda

Мотам санаси Эрон ва АҚШ ўртасида икки ҳафталик сулҳ бошланиши билан бир вақтга тўғри келди.

Italiya OAVlari Makronning Jorja Meloni bilan uchrashuvdagi harakatlarini keskin tanqid qildi

Франция президенти Эммануэль Макрон ва Италия бош вазири Жоржа Мелонининг Париждаги учрашуви сиёсатчиларнинг ҳаддан ташқари яқин қучоқлашиши сабабли можарога айланди.

Eronga qarshi urushda AQSh qancha mablag‘ zarar ko‘rganini bilasizmi?

Бу ҳақда Iran War Cost Tracker нашри хабар бермоқда.

Hormuz bo‘g‘ozida ikki yuk kemasi hujumga uchradi

Бу ҳақда Reuters агентлиги хабар берди.

Hatto ayiqlar ham AQSh askarlariga hujum qilmoqda

Бу ҳақда Associated Press нашри хабар берди.

Vashington Tehronga taklif berdi

АҚШ ва Эрон урушни якунлаш бўйича уч саҳифалик режани муҳокама қилмоқда.

Homanaiy: Eron AQSh va Isroilga yangi zarba berishga tayyor

Эрон олий раҳбари оятуллоҳ Мужтабо Ҳоманаий мамлакат ҳарбий-денгиз кучлари АҚШ ва Исроилга қарши янги зарбалар беришга тайёрлигини билдирди.

Rasman: Kiyevdagi otishma gumondori Rossiyada tug‘ilgan

Украина президенти Владимир Зеленскийнинг маълум қилишича, Киевда отишма уюштириб, олти кишининг ўлимига сабаб бўлган шахс аввал ҳам жиноий жавобгарликка тортилган.

Evroittifoq ehtimoliy aviayoqilg‘i taqchilligiga tayyorgarlik ko‘rishni boshladi

Брюсселда ўтган брифингда Европа комиссияси вакили Анна-Кайса Итконен бу ҳолат ҳозирча реал муаммога айланмаганини, бироқ хавф тобора ортиб бораётганини таъкидлади.

Qashqadaryoda lolazorni payxon qilganlarga chora ko‘rildi

Ижтимоий тармоқларда Қашқадарё вилояти Кўкдала туманидаги лолазор ҳудудида транспорт воситаларида ҳаракатланилганлиги акс этган видео тарқалди.

Germaniyada chap ekstremizm bilan bog‘liq jinoyatlar soni keskin oshdi — BILD

Бу ўтган йилга нисбатан учдан бирдан кўпроқ ўсишни англатади.

Rus tilida so‘zlashuvchi generalning Mossad rahbari etib tayinlanishi Isroilda tanqid qilindi

Маълумотларга кўра, рус тилида равон сўзлашувчи беларуслик муҳожир Роман Хоффман разведка хизматининг 14-раҳбари бўлди.

O‘rta Chirchiqda 4 kishi halok bo‘lgan yong‘in yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Ҳодиса жойидан Республика суд экспертиза маркази экспертлари, вилоят ИИБ эксперт криминалисти ва вилоят фавқулотда вазиятлар бошқармаси экспертлари томонидан ёнғиндан шикастланган буюмлар, алимун сим бўлаклари ва бошқа ашёвий далиллар олинган.

O‘zbekiston Humans Group asoschisi Vladimir Dobrininni xalqaro qidiruvga berdi

У “қимор ва таваккалчиликка асосланган бошқа ўйинларни ташкил этиш ва ўтказиш”, шунингдек, “пул ювиш"да айбланмоқда.

O‘rta Chirchiqdagi xonadonda portlash: 4 kishi vafot etdi

Тунда қаттиқ овоз бўлди. Ҳамма уйдан чиқиб кетди. Қўрқиб кетдик”, — дейди қўшнилардан бири.

“Ravshan Zolotoy” xalqaro qidiruvga berildi

Омма орасида “Равшан Золотой” номи билан танилган, таниқли тадбиркор Ғофур Раҳимовнинг жияни Равшан Муҳитдинов интерпол орқали қидирувга берилган.

"O‘zbekiston metallurgiya kombinati" sobiq raisi Dilshod Ahmedov xalqaro qidiruvga berildi

Дилшод Аҳмедов 2024 йил 16 октябрда “Ўзметкомбинат” АЖ бошқарув раиси этиб тайинланган. 2025 йил август ойида эса лавозимидан озод этилганди.

Jizzaxda FVB mansabdori pora bilan ushlandi

Ҳолат юзасидан унга нисбатан жиноят иши қўзғатилиб, тергов ҳаракатлари олиб борилмоқда.

JAR siyosatchisi Julius Malema 5 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi

"Иқтисодий эркинлик учун курашчилар" (EFF) партияси етакчиси Жулиус Малема 2018 йилги митингда ўқотар қуролдан ноқонуний фойдаланганликда айбдор деб топилди

Oq uy olimlarning sirli o‘limi va yo‘qolishi haqidagi ma’lumotlarni tekshiradi

Бу ҳақда The Times Кэролайн Левиттга таяниб хабар берди.

AQSh Eronga qarshi “Iqtisodiy g‘azab” operasiyasini boshladi

Бу ҳақда Пит Хегсет матбуот анжуманида баёнот берди.

Samarqandda ma’danli toshlardan oltin ajratib olayotganlar ushlandi

Самарқанд вилоятида ноқонуний равишда маъданли тошлардан олтин ажратиб олиш билан шуғулланиб келган шахслар ушланди.

Ekologik ekspertiza tizimini raqamlashtirishda Koreya tajribasi o‘rganilmoqda

Экология ва иқлим ўзгариши миллий қўмитаси ҳамда Давлат экологик экспертизаси маркази вакиллари 2026 йил 13–17 апрель кунлари Жанубий Корея пойтахти Сеулда бўлиб ўтаётган семинар-воркшопда иштирок этмоқда.

AQSh Senati to‘rtinchi marta Erondagi urushni to‘xtatishdan bosh tortdi

Америка Сенати яна бир бор президент Дональд Трампнинг Конгресс розилигисиз Эронга қарши ҳарбий ҳаракатлар олиб бориш ҳуқуқини чеклашга қаратилган резолюцияни қўллаб-қувватламади.

Narkosavdogarlardan Afg‘onistondan olib kelingan qariyb 9 kg “opiy” giyohvandlik vositasi olindi

Натижада, автомашинада кетаётган Қўшкўпир туманида яшовчи, 2002 й.т., муқаддам наркожиноят содир этганлиги учун судланган шахсга тегишли 4 кг 541 гр “опий” моддаси борлиги аниқланди

Avstraliyadagi neftni qayta ishlash zavodida yong‘in yuz berdi

Гап мамлакатдаги нефт маҳсулотларининг 10 фоизигача бўлган қисмини таъминлайдиган корхона ҳақида бормоқда.