Dunyodagi eng xavfsiz mamlakat turistlar uchun chegarasini ochdi, faqat sharti bor

Dunyodagi eng xavfsiz mamlakat turistlar uchun chegarasini ochdi, faqat sharti bor

Dunyoning eng xavfsiz mamlakatlari reytingida ko‘p marta birinchi o‘rinni egallagan Islandiya turistlar uchun bir shart bilan chegaralarini ochdi – sayyohlar koronavirusga qarshi emlanishi lozim. Bu haqda mamlakat sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Endilikda Yevropa dori vositalari agentligi ma’qullagan vaksina bilan emlangan xorijliklar Islandiyaga kirganida karantinga jo‘natilmaydi yoki koronavirusga test topshirmaydi.

Qayd etilishicha, ilgari bu qoida faqat Yevroittifoq va Yevropa iqtisodiy hududiga a’zo mamlakatlar aholisi uchungina amal qilgan.

Islandiya bosh vaziri Katrin Yakobsdottirning so‘zlariga ko‘ra, ushbu qaror «mamlakat siyosatining mantiqiy davomidir».


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!