Dunyodagi eng qo‘rqinchli maskan nomi e’lon qilindi

Dunyodagi eng qo‘rqinchli maskan nomi e’lon qilindi

Mutaxassislar dunyodagi eng dahshatli sayyohlik maskanini e’lon qilishdi. Bu haqda “The Sun” xabar bermoqda.

U Meksikaning Mexikosi yaqinidagi qo‘g‘irchoq oroli bo‘lib chiqdi.

Afsonaga ko‘ra, orolda yashagan ruhoniy Xulian Santana Barrera bir kuni noma’lum qizning qichqirig‘ini eshitib qoladi. Erkak tovushni eshitib voqea joyiga kelganida qiz yo‘q, suvda esa bir qo‘g‘irchoq suzayotgan bo‘ladi. Ruhoniy marhumaning xotirasiga bag‘ishlab o‘sha qo‘g‘irchoqni daraxtga osib qo‘yadi.

2001 yildagi vafotigacha Barrera suvdan juda ko‘plab qo‘g‘irchoqlarni topib oladi. Ularni o‘lgan qizning ruhini tinchlantirish uchun daraxtlarga osib chiqadi.

Aytilishicha, ruhoniydan tashqari, orolda boshqa hech kim yashamagan, shuning uchun hech kim uning voqeasini isbotlay yoki rad etolmaydi. Sayyohlar, qorong‘ va vahimali bo‘lishiga qaramay, minglab qo‘g‘irchoqlar bilan bezatilgan orolga borishdan to‘xtamayaptilar.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!