Dunyodagi eng keng 16 polosali ko‘cha qaysi davlatda joylashgan?

Dunyodagi eng keng 16 polosali ko‘cha qaysi davlatda joylashgan?

Shahar markazida yo‘l qurish uchun o‘n minglab kvadrat metr ko‘chmas mulkni buzishga to‘g‘ri kelgan. Argentina poytaxti Buenos-Ayresdagi Avenida 9 Julio dunyodagi eng keng ko‘cha sifatida Ginnesning rekordlar kitobiga kiritildi. Ushbu ko‘cha 16 ta polosadan iborat bo‘lib, kengligi 140 metrni tashkil etadi.

Buenos-Ayres "Janubiy Amerikaning Pariji" deb nomlanadi, shuning uchun mahalliy ma’murlar monumental infratuzilmani qurish orqali ushbu obro‘ni mustahkamlashga qaror qilishdi. Mashhur fransuz prospektidan ikki baravar kengroq bo‘lgan shahar markazi orqali avtomobil yo‘lini qurish g‘oyasi shunday tug‘ildi.

Katta loyihani amalga oshirish uchun yarim asr vaqt ketdi. Keng xiyobon yaratish uchun quruvchilar markazdagi 60 ming kvadrat metr ko‘chmas mulkni buzib, minglab aholini boshqa joyga ko‘chirishlari kerak edi.

Endi xiyobonda 16 ta, jumladan, jamoat transporti uchun to‘rt qatorli yo‘lak mavjud.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!