Dunyoda oktyabr oyidan buyon eng past kasallanish ko‘rsatkichi qayd etildi

Dunyoda oktyabr oyidan buyon eng past kasallanish ko‘rsatkichi qayd etildi

 

“Dunyoda koronavirusga chalinish holatlari soni 5-hafta kamaymoqda. O‘tgan hafta esa 2020 yil oktyabr oyidan beri eng past ko‘rsatkich qayd qilindi”, deb aytgan JSST rahbari brifingda.

Uning ta’kidlashicha, koronavirusga chalinish haftalik holatlari soni 2021 yil 4 yanvardagi ko‘rsatkichlarga nisbatan deyarli yarmiga qisqargan.

“Bu sog‘liqni saqlashga qaratilgan oddiy choralar ham virusning turlari ko‘pligiga qaramay, samara berayotganini ko‘rsatadi”, deb ta’kidlab o‘tgan JSST bosh direktori. 

Ayni vaqtda 109 mlndan ko‘proq kishi koronavirusga chalingan, 2,4 mlndan ko‘proq kishi undan vafot etgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!