Dunyoda koronavirus sabab 400 ga yaqin jurnalist vafot etdi

Dunyoda koronavirus sabab 400 ga yaqin jurnalist vafot etdi

Dunyoda koronavirus infeksiyasidan mart oyidan beri 47 ta davlatda kamida 366 jurnalist vafot etdi.

“Bundan tashqari, yanvar oyidan beri boshqa turli sabablarga ko‘ra yana 54 jurnalist o‘ldirilgan. 2020 yilda halok bo‘lgan jami jurnalistlar soni 400dan ko‘proqni tashkil qilgan”, deb ma’lum qilgan tashkilotning bosh kotibi Blez Lempen.

Uning ta’kidlashicha, Hindistonda OAV xodimlari o‘rtasida koronavirusdan o‘limlar soni keskin oshayotgani kuzatilmoqda.

Bundan tashqari, 1 iyuldan sentyabrgacha koronavirusdan vafot etgan jurnalistlar soni ikki barobarga ortgan. 

Jumladan, pandemiya Lotin Amerikasi davlatlarida 205 nafar, Osiyo – 90, Yevropa – 28, Afrika – 22 va Shimoliy Amerikada 21 nafar jurnalistni hayotdan olib ketgan. Davlatlar kesimida eng ko‘p jurnalist Peruda vafot etgan – 82 nafar. Keyingi o‘rinlarni Ekvador (40 jurnalist), Hindiston (36), Bangladesh (31), Meksika (26), AQSh (20), Braziliya (19) va Pokiston (10) egallagan. Boliviya, Britaniya va Nigeriyada esa 8 nafardan jurnalistlar vafot etgan.

Biroq tashkilotda ta’kidlanishicha, jurnalistlar orasida koronavirus qurbonlari soni rasmiy raqamlardan ko‘proqni tashkil qiladi, chunki ba’zi davlatlar jurnalistlar o‘limi haqida umuman ma’lum qilmaydi. 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!