“Dunyo sadolari” festivali: Andijonga Inna va Arash keladi

“Dunyo sadolari” festivali: Andijonga Inna va Arash keladi

Andijonda “Dunyo sadolari” xalqaro estarada san’ati festivali 2024 yilda ham o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Festivalning o‘z doirasi va miqyosiga mos shaklda jahon yulduzlari ishtiroki ham ko‘zda tutiladi.

Festival tadbirlariga taklif etilishi mumkin bo‘lgan, gala konsertda uchratish ehtimoli bo‘lgan san’atkorlar haqida matbuot xizmati tomonidan (matnli ro‘yxat emas) videolavha havola etildi.

Festivalga ushbu videodagi xonandalardan Inna va Arash taklif etildi. Shuningdek, yoshlar taklifiga asosan xonanda Joni (Jony) ham festivalda ishtirok etadi. Bundan tashqari, o‘zbek estaradasining elimiz suygan yorqin yulduzlari festivalga tashrif buyurishlari kutilmoqda.

Ushbu aytilganlardan tashqari, ijtimoiy tarmoqlarda joylangan xonandalar haqidagi matnli ro‘yxat, kelishuv mablag‘lari, marxum san’atkorlar haqidagi xabarlar hokimlik tomonidan tasdiqlangan yoki hokimlik taqdim etgan ma’lumotlar emas. Bu xabarlar kim tomonidan ishlab chiqilgani va qanday maqsadda havola etilgani hozircha noma’lum.

Festival arafasida tadbir bo‘yicha matbuot anjumani tashkil etiladi va barcha OAV vakillari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishlari mumkin bo‘ladi.

Barcha yurtdoshlarimizni va ularning oila a’zolarini yana bir bor, iyul oyida Xonobod shahrida o‘tkaziladigan “Dunyo sadolari” festivaliga taklif etib qolamiz!


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!