Dubayda dunyodagi eng baland mehmonxona ochiladi

Dubayda dunyodagi eng baland mehmonxona ochiladi

The First Group (BAA) qurilish kompaniyasi ma’lumotlariga ko‘ra, dunyodagi eng baland mehmonxona 2024 yilning birinchi choragida Dubayda ochiladi.

82 qavatli, balandligi 365 metr bo‘lgan Ciel mehmonxonasi kelasi yilning boshida tayyor bo‘ladi. NORR arxitektura kompaniyasi bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan Ciel 1042 ta xonaga, shu jumladan 150 ta lyuks xonaga ega bo‘ladi.

Mehmonxonaning 81-qavatida Dubay gorizonti, Palm Jumeira va Arabiston ko‘rfazining panoramik manzaralarini tomosha qilish imkonini beruvchi kuzatuv maydonchasi, 76-qavatda esa peyzaj hovuzi va bar joylashadi.

«Biz Ciel mehmonxonasini Dubayda taqdim etganimizdan juda xursandmiz, bu yuqori darajadagi mehmondo‘stlikni belgilab beradigan va shahar taqdim etayotgan eng yaxshi narsalarni o‘z ichiga olgan loyiha», dedi Rob Byorns, The First Group bosh direktori.

«Pandemiya bilan bog‘liq muammolarga qaramay, biz katta yutuqlarga erishmoqdamiz va 2024 yilda mehmonxonaning rasmiy ochilishi sari qat’iy harakat qilyapmiz. Ciel o‘zining noyob dizayni, hashamatli qulayliklari va ajoyib manzaralari bilan mehmonlarga tengsiz hissiyotlarni taqdim etadi. Ciel shunchaki bino emas, balki Dubayning ambisiyalari, innovasiyalari, ijodkorligi va mukammalligi ramzidir», deb qo‘shimcha qildi Byorns.

Hozirgi vaqtda Dubayning boshqa mehmonxonasi Gevora Hotel 355 metr balandlikka ega dunyodagi eng baland mehmonxona hisoblanadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!