Dubay shahzodasi Shayx Hamdan yana bir bor ota bo‘ldi

Dubay shahzodasi Shayx Hamdan yana bir bor ota bo‘ldi

Dubay valiahd shahzodasi Hamdan bin Muhammad bin Rashid Al Maktum 2023 yilning fevral oyida uchinchi marta ota bo‘ldi. Bo‘lajak amir shu vaqtga qadar egizak farzandlari — o‘g‘li Rashid va qizi Shayxni tarbiyalayotgan edi.

Yangi tug‘ilgan chaqaloqqa Muhammad bin Hamdan bin Muhammad Al Maktum deb ism qo‘yilgan. U Instagram’dagi sahifasiga otasi va o‘g‘li bilan tushgan suratlarni joyladi. Bu haqda “Daryo” nashri xabar berdi.

Suratda uning otasi, Dubay amiri Muhammad bin Rashid Al Maktum qo‘lida qimmatbaho adyolga o‘ralgan chaqaloqni ushlab turganini va valiahd shahzoda esa o‘g‘liga qarab o‘tirganini ko‘rish mumkin.

Bundan tashqari, Hamdan o‘g‘lini quchoqlab, unga xushmuomalalik bilan qarab turgani aks etgan suratni ham taqdim etgan.

“Alloh ularni o‘z panohida asrasin”, — deb izoh qoldirgan Dubay shahzodasi suratlar ostiga.

Ma’lumot uchun, 2019 yilning 15 may sanasida Dubay valiahd shahzodasi Shayx bin Said bin Sani al-Maktumga uylangan edi. Hamdan 2021 yilning may oyida ilk marta ota bo‘lgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!