DTM test topshiriqlarining bo‘limlar bo‘yicha o‘rtacha taqsimotini e’lon qildi — ro‘yxat

DTM test topshiriqlarining bo‘limlar bo‘yicha o‘rtacha taqsimotini e’lon qildi — ro‘yxat

Qayd etilishicha, markaz 2021/2022 o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlarida qo‘llaniladigan test topshiriqlarining bo‘limlar bo‘yicha o‘rtacha taqsimotini foiz hisobida tuzgan.

Majburiy fanlar:
1.Ona tili (o‘zbek):
•Orfografiya va punktuasiya — 40 foiz;
•Leksikologiya, uslubiyat — 40 foiz;
•Grammatika — 20 foiz.
2.Ona tili (rus)
•Fonetika — 10 foiz;
•Leksika — 10 foiz;
•Grammatika — 40 foiz;
•Orfografiya — 40 foiz.
3.Ona tili (qoraqalpoq):
•Fonetika — 10 foiz;
•Leksika – 20 foiz;
•Grammatika — 40 foiz;
•Orfografiya — 30 foiz.
4.Matematika:
•Sonlar va ular ustida amallar — 40 foiz
•Foiz, proporsiya va tenglama — 30 foiz;
•Geometriya — 30 foiz.
5.O‘zbekiston tarixi:
•Qadimgi va o‘rta asrlar tarixi — 35–45 foiz;
•XVI–XX asr boshlaridagi tarixiy davr — 35–45 foiz;
•Sovetlar davri va mustaqillik davri tarixi — 20–25 foiz.

Mutaxassislik fanlari:
1.Ona tili va adabiyot (o‘zbek, rus va qoraqalpoq):

Ona tili — 60 foiz;

Adabiyot — 40 foiz.
2.Matematika:
•Sonlar va ular ustida amallar — 25 foiz;
•Funksiya va algebraik ifodalar — 35 foiz;
•Hosila, integral va ularning tatbiqlari — 10 foiz;
•Geometriya — 30 foiz.
3.Tarix:
•Siyosiy tarix — 50–60 foiz;
•Ijtimoiy-iqtisodiy tarix — 10–20 foiz;
•Madaniy hayot — 10–15 foiz;
•Amaliy topshiriqlar — 20–25 foiz.
4.Fizika:
•Mexanika — 35 foiz;
•Molekulyar fizika va termodinamika — 25 foiz;
•Elektromagnitizm — 25 foiz;
•Atom va yadro fizikasi — 10 foiz.
5.Biologiya:
•Botanika, zoologiya, odam va uning salomatligi — 40 foiz;
•Sitologiya, genetika, seleksiya, gen va hujayra biotexnologiyasi — 30 foiz;
•Evolyusion ta’limot, ekologiya va biosfera asoslari — 30 foiz.
6.Kimyo:
•Umumiy kimyo — 40 foiz;
•Noorganik kimyo — 25 foiz;
•Organik kimyo — 15 foiz;
•Yuqoridagi bo‘limlar asosidagi topshiriqlar — 20 foiz.
7.Geografiya:
•Tabiiy geografiya — 40 foiz;
•Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya — 40 foiz;
•Amaliy topshiriqlar — 20 foiz.
8.Chet tili (ingliz, nemis, fransuz):
•Grammatika — 45 foiz;
•O‘qib tushunish — 45 foiz;
•Leksika — 10 foiz.

Avvalroq O‘zbekistonda oliygohlarga kirish test sinovlari qachon boshlanishi ma’lum bo‘lgandi. Shuningdek, 2021 yilgi test sinovlarida nechta savol tushishi ochiqlangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!