Diplomatiya universiteti va Yuridik universitet rektorlari vazir o‘rinbosarligiga o‘tkazildi

Diplomatiya universiteti va Yuridik universitet rektorlari vazir o‘rinbosarligiga o‘tkazildi

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligida yangi tayinlovlar amalga oshirildi. Bu haqda vazirlik xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligida prezident maslahatchisi Abdujabbor Abduvohidov, bosh vazir o‘rinbosari Behzod Musayev va vazir Abduqodir Toshqulov ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tgan.

Yig‘ilish davomida siyosiy fanlar nomzodi Komiljon Karimov oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining birinchi o‘rinbosari, yuridik fanlar doktori Rahim Hakimov vazirning fan va innovasiyalar bo‘yicha o‘rinbosari etib tanishtirildi.

Diplomatiya universiteti va Yuridik universitet rektorlari vazir o‘rinbosarligiga o‘tkazildi

Abdujabbor Abduvohidov

Komiljon Karimov mazkur tayinlovga qadar 2020 yilning 17 sentyabridan Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti rektori lavozimida faoliyat yuritib kelgan.

Rahim Hakimov esa 2019 yilning sentyabridan buyon Toshkent davlat yuridik universiteti rektori lavozimida ishlab kelayotgandi.

Diplomatiya universiteti va Yuridik universitet rektorlari vazir o‘rinbosarligiga o‘tkazildi

Shu paytga qadar vazirlikda birinchi o‘rinbosar va ikki o‘rinbosar lavozimi vakant edi. Bugungi tayinlovlar bilan ushbu bo‘sh o‘rinlar to‘ldirildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!