Der Spiegel: Rossiya bilan bog‘liq yana bir josuslik mojarosi boshlandi

Der Spiegel: Rossiya bilan bog‘liq yana bir josuslik mojarosi boshlandi

Bu safar Bavariyaning Bayroyt shahrida Rossiya maxsus xizmatlarida ishlaganlikda gumon qilingan ikki kishi qo‘lga olindi, deb yozadi nashr.

Millati nemis bo‘lgan Rossiyalik, 39 yoshli Diter S. va 37 yoshli Aleksandr J. harbiy va sanoat ob’ektlari va mudofaa zavodlarida o‘t qo‘yish va portlashlar uyushtirishni rejalashtirgan. Ob’ektlar Qo‘shma Shtatlar yurisdiksiyasi ostida bo‘lib, ular orasda ukrainalik tank ekipajlari mashg‘ulot o‘tkazgan Grafenvyor harbiy bazasi ham mavjud.

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, agentlarning asosiy maqsadi qurollarni tashish uchun transport yo‘llarida sabotaj uyushtirishdan iborat bo‘lgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!