Dengizda oqib ketgan bolakay filmdagi maslahatlar sabab tirik qoldi

Dengizda oqib ketgan bolakay filmdagi maslahatlar sabab tirik qoldi

Buyuk Britaniyada yashovchi o‘n yoshli bolakay hujjatli filmda aytilgan maslahatlar tufayli dengizda omon qolishga muvaffaq bo‘ldi, deb yozadi Daily Mail.

Gazetaning ta’kidlashicha, voqea Nort-Yorkshir grafligida sodir bo‘lgan. Oilasi bilan sohilda suzayotgan o‘n yashar Raviraj Sainini kuchli oqim ochiq dengizga olib ketgan. Oila a’zolari esa darhol qutqaruvchilarga murojaat qilishgan.

Bolani suvdan olib chiqishganidan so‘ng, Raviraj "Dengizda hayotni saqlab qolish" hujjatli filmi tavsiyalariga amal qilganini aytgan: orqasiga o‘girilib, oyoqlari va qo‘llarini yoygan va bir soatdan ko‘proq vaqtni suvda o‘tkazgan.

Bolakayning jasurligi hamda vaziyatga chidamliligiga qoyil qolgan qutqaruvchilarning so‘zlariga ko‘ra, agar bola vahima qilganida, voqea achinarli tarzda yakunlanardi.

 

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!