Davlat xizmatlari to‘liq elektron shaklga o‘tkaziladi

Davlat xizmatlari to‘liq elektron shaklga o‘tkaziladi

“Tashkent city"dagi "Congress Hall" majmuasida Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasining o‘n birinchi s’ezdi bo‘lib o‘tdi.

O‘zLiDePdan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Shavkat Mirziyoyev o‘z saylovoldi dasturi yuzasidan ma’ruza qildi.

Saylovoldi dasturidagi to‘rtinchi maqsad — qonun ustuvorligini ta’minlash, xalq xizmatidagi davlat boshqaruvini tashkil etish.

Raqamlashtirish orqali byurokratiyani bartaraf etish prinsipi hayotga jadal olib kiriladi. Shu maqsadda davlat xizmatlari to‘liq elektron shaklga o‘tkaziladi.

Endi davlat xizmatlari uchun odamlar ovora bo‘lib, ariza yoki blanka to‘ldirmaydi, pasport yoki boshqa hujjat taqdim qilmaydi. Davlat idoralari zarur hujjatlarni elektron tizimdan o‘zi oladi.

Har bir mahallada elektron xizmat nuqtalari ishga tushirilib, ular barcha masalalarni «bir qadam»da hal etadigan maskanga aylantiriladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!