Davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalarni kesishga ruxsatnoma olish tartibi

🙎♂️ Xizmatdan foydalanuvchilar:
Yuridik va jismoniy shaxslar
🔄 Xizmatni ko‘rsatish tartibi:
1. Ariza beruvchi ruxsatnoma olish uchun DXMga o‘zi kelib murojaat qiladi yoki davlat xizmatini elektron tarzda olish uchun YAIDXPda ro‘yxatdan o‘tadi.
2. So‘rovnoma to‘ldirilib, tuman (shahar) hokimligiga va Davlat ekologiya qo‘mitasiga yuboriladi.
3. Davlat ekologiya qo‘mitasi 5 ish kun mobaynida daraxtlar va butalarning holatini, shuningdek, ularning kesilishi bo‘yicha muvofiqligini o‘rganib, tuman (shahar) hokimligiga, DXMga yoki ariza beruvchiga YAIDXP orqali ruxsatnoma berish uchun to‘lov miqdorlarini ko‘rsatgan holda xulosani yuboradi.
4. Ariza beruvchi 4 ish kuni mobaynida ijobiy xulosa olingandan so‘ng xulosada ko‘rsatilgan miqdorda ruxsatnomani berish uchun to‘lovni amalga oshirishi zarur.
5. Tuman (shahar) xokimliklari 1 ish kuni mobaynida Davlat ekologiya qo‘mitasi organining ijobiy xulosasi mavjud bo‘lganda ruxsatnomani berish uchun to‘lov to‘langanidan so‘ng ruxsatnomani rasmiylashtiradi.
▫️Shikastlangan, quriyotgan yoki qurib qolgan, shuningdek, odamlarning hayoti va sog‘lig‘iga, yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulkiga xavf solayotgan daraxtlar va butalarni kesish uchun ruxsatnoma to‘lovni amalga oshirmasdan beriladi.
▫️Yuridik yoki jismoniy shaxsning mulki bo‘lgan va ular tomonidan yog‘och-taxta va hosil olish uchun ekilgan daraxtlar va butalarni kesishga ruxsatnoma talab etilmaydi.
🗓 Xizmatni ko‘rsatish muddati:
6 ish kunida
✅ Xizmat narxi:
➖ BHMning 30 foizi miqdorida – 73 500 so‘m;
➖ Yagona portal orqali topshirilganda miqdori – 66 150 so‘m.
📋 Huquqiy asos: Hukumat qarori (https://lex.uz/docs/3646578) (255-son, 31.03.2018 y.)