"Daryo.uz" muxbiri Otabek Qo‘ldoshevga qo‘pol muomalada bo‘lgan IIB xodimining harakati o‘rganiladi – IIV

"Daryo.uz" muxbiri Otabek Qo‘ldoshevga qo‘pol muomalada bo‘lgan IIB xodimining harakati o‘rganiladi – IIV

Ijtimoiy tarmoqlarda "Daryo.uz" xodimi Otabek Qo‘ldoshevning ichki ishlar xodimlarining qo‘pol munosabatiga uchragani aks etgan video tarqalgandi.

IIV matbuot kotibi Shohrux G‘iyosov bu holat yuzasidan bayonot berdi.

Unga ko‘ra, Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida Daryo.uz internet nashri muhbiri O.Qo‘ldoshev bilan suhbat jarayonida kasb etikasini buzgan ichki ishlar organi xodimining harakatlari o‘rganib chiqilib, huquqiy baho beriladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!